Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
«Kapitalbank»: aksiya doirasida kreditga avtomobil sotib olish imkoniyati uchun so‘nggi hafta!
18 Aug 2020

Maxsus imtiyozli shartlarda kreditga mashina sotib olish uchun yana bir yangi imkoniyat - «Kapitalbank» ATB va UzAuto Motors kompaniyasining qo‘shma aksiyasi 24 avgustga qadar uzaytirildi! Ushbu ish kunlarida barcha xohlovchilar pasaytirilgan, ya’ni atigi 20 foizlik dastlabki badalga hamda 40 oygacha uzaytirilgan so‘ndirish muddatiga ega avtokreditni rasmiylashtirish imkoniyatiga ega!

Bundan tashqari, kreditga sotiladigan mashina modellari qatori ham kengaytirildi – odatdagi Nexia, Cobalt, Tracker va Trailblaizer mashinalariga Spark ham qo‘shildi! «Kapitalbank» bo‘limlarida yoki avto.kapitalbank.uz saytida buyurtma berish orqali orzudagi avtomobilga kredit rasmiylashtirish mumkin.

Kredit yillik 24 foiz asosida taqdim etiladi. Saytdagi mavjud qulay kalkulyator kredit bo‘yicha har oylik to‘lovlarni hisoblashga yordam beradi. Taklif cheklangan.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 7571

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech