Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ehtiyot bo'ling, firibgarlar!
14 Jul 2022
Sizga shuni eslatib o'tamizki, agar Sizning maxfiy ma'lumotlaringizni so'rab shubhali shaxslar Sizga murojaat qilsa, suhbatni to'xtating va (71) 200-15-15 telefon raqami orqali bankka  qo'ng'iroq qiling.
Aks holda, firibgarlarning hiylalariga ergashishni davom ettirgan holda, Siz pullaringizni yo'qotish xavfiga duch kelasiz.

Shaxsiy ma'lumotlaringiz va mablag'laringizni himoya qilish uchun oddiy xavfsizlik choralariga rioya qiling:

  • Bankdan yuborilgan SMS-kodni hech kimga, hatto bank xodimiga ham aytmang. Bu sizning mablag'ingizni yechib olishni tasdiqlash uchun koddir.
  • Kartaning maxfiy ma'lumotlarini, jumladan amal qilish muddati, CVV-kodi va PIN-kodini hech kimga ayta ko'rmang.
  • Tekshirilmagan veb-saytga karta ma'lumotlarini kiritmang.
  • Noma'lum shaxslar tomonidan yuborilgan xabarlardagi havolalarga kirmang.
  • Shubhali shaxslarning xizmatlaridan foydalanmang. Pulni faqat bank filiallari yoki bankomatlarda almashtiring.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 531

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech