Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 may 2023 y. - y.

2023-yil 11-13-may kunlari Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) ITB Xususiy sektor forumi – PSF 2023 (“Xususiy sektor forumi – PSF 2023”) bo‘lib o‘tdi.

KB_site_2.jpg

Xususiy sektorni rivojlantirish Islom taraqqiyot banki guruhi (ITB guruhi) faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, har yili ITB guruhining Xususiy sektor bo‘limi Xususiy sektor forumini (“Xususiy sektor forumi – PSF”) o‘tkazib keladi.

KB_site_3.jpg

Bu yilgi forumning mavzusi “Inqirozlarga qarshi kurashda hamkorlik” boʻldi. Forum ishtirokchilari iqtisodiyotdagi inqiroz ssenariylarining oldini olishda davlat organlari, moliya va savdo institutlari, xususiy sektorlar, taraqqiyot banklari va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik muhimligini tasdiqladilar.

O'zbekistondagi eng yirik elektron tijorat va moliyaviy texnologiyalar ekotizimi bo'lgan Uzum kompaniyalar guruhiga kiruvchi "Kapitalbank" ATB forumi doirasida xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi ikki tashkilot o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va O'zbekiston kichik va o'rta korxonalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini o'rganishga qaratilgan hamkorlik Memorandumini imzoladilar. Bu yo‘nalishdagi o‘zaro manfaatli hamkorlik tadbirkorlik faolligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va Respublikamizni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tomonlar, shuningdek, Memorandum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliy yo’lga qo’yishda aniq vositalar va hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha bir qator fikr almashinuv maslahatlarini o‘tkazadilar.



Ro’yxatga qaytish

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech