Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 may 2020 y. - y.

Yosh aqllar - respublikamizning bosh kapitalidir. Bu aqllarni yoqishning o’zi yetarli emas - olovni saqlab turish juda muhimdir. Buning uchun bizga yosh mutaxassislar o'zlarining potentsiallariga erishishlari va yulduz sanab yormasdan, o'zlarining ilg’or g'oyalarini o'zida mujassam etgan holda o'sishi uchun sharoit kerak. Ko'pincha OTM bitiruvchilari diplom olgandan so'ng, mehnat bozori chegaralarida qolib ketishadi. Hech qanday aloqalarsiz, tajriba va qayerga borish haqida tasavvurga ega bo’lmay, ular o'zlarining barcha g'ayratlarini hayotda o'z o'rinlarini qidirishga sarflab yuboradilar.

“Kapitalbank” talabalar va OTM bitiruvchilarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha keng ko'lamli ishlarni boshladi. So'nggi bir necha oy ichida Inha universiteti va Plexanov nomidagi RIU bilan o'zaro anglashuv memorandumlari imzolandi. "Kapitalbank" ning vazifasi yosh mutaxassislarning o'sishini rag'batlantirish, istiqbolli bitiruvchilar uchun ish o'rinlarini yaratish va ularning karyerasiga kuchli turtki berishdir.

Memorandumlar doirasida "Kapitalbank" grantlar tizimini ishlab chiqdi: eng muvaffaqiyatli talabalar bankdan moliyaviy yordam olishlari mumkin. Bankning yetakchi mutaxassislari talabalar bilan onlayn-konferentsiyalar tashkil etadilar, ularda taqdimotlar o'tkazadilar, bankning turli bo'limlaridagi ishning o’ziga xos xususiyatlari, IT sohasining nozik tomonlari yoki masalan, Big Data nima ekanligi haqida gapirib berishadi.

“Kapitalbank” doim yosh iste'dodlarni qo'llab-quvvatlaydi. Istiqbolli va qiziquvchan bitiruvchilar amaliyotni tugatib, “Kapitalbank”ka ishga joylashishlari mumkin, bu yerda ularni mustahkam yuksaluvchan jamoa va mehnatsevarlik bilan erishish mumkin bo’lgan tezkor karyeraviy ko'tarilish kutmoqda.

Bugungi kunda "Kapitalbank" ikkita OTM bilan ish olib bormoqda va bu faqat boshlanishi. Bank imkon qadar ko'proq tashabbuskor va iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlashga va rag’batlantirishga intiladi.



Ro’yxatga qaytish

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech