Mazkur anjumanda “Kapitalbank” nomidan Boshqaruv Raisi o‘rinbosari G‘ulomov Rasuljon Tohirovich bankda savdoni moliyalashtirish hajmi, limitlar, shuningdek, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bitimlar haqida o'rtoqlashdi.
Taqdimotda bankning so‘nggi 3 yildagi natijalari namoyish etildi, shuningdek, u bankning rejalari va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligi haqida ham gapirib o'tdi.
Tadbirda xalqaro banklar bilan bir qatorda moliya institutlari ham ishtirok etdi. Ushbu konferensiya savdoni moliyalashtirishning yangi tendentsiyalarini muhokama qilish va munozaralar, yangi tanishuvlar, biznes aloqalarini o'rnatish uchun maydonga aylandi.
Ta’kidlash joizki, “Kapitalbank” ATB mazkur tadbirning bosh homiysi sifatida ishtirok etdi.