"Kapitalbank" Butunjahon Pul haftaligi (Global Money Week) ga bag'ishlab "Mening ishim" bolalar tanlovini e'lon qiladi.
Farzandingizga o'yin o'ynashni taklif qiling: agar uning kapitali yoki "million dollarlik g'oyasi" bo'lganda, u o'z biznesini qanday tashkil qilar edi? Ferma, muzqaymoq fabrikasi, oshxona yoki dizaynerlik byurosi - buning ahamiyati yo'q.
Tanlov qoidalari:
1. O'z biznes g'oyasini aniq ifoda etish kerak: bola nima ochmoqchi va nima uchun;
2. G'oyani qanday amalga oshirish mumkinligi haqidagi qarashlarni taqdim etish kerak (loyihaning daromadlari va xarajatlari mexanizmini belgilash, biznes qachon foyda keltira boshlashini hisoblash).
Format:
Bizda bolalarni o'z g'oyalarini taqdim etish formatini tanlashda cheklovlar yo'q. Bu diagramma va sxemalar bilan chizilgan rasm, matn (insho, esse), slayd-shou formatidagi taqdimot bo'lishi mumkin.
Tanlov mezonlari:
G'oya noodatiy va qiziqarli bo'lishi, shuningdek tanlov qoidalariga muvofiq taqdim etilishi kerak. Eng yaxshi loyihalar "Kapitalbank" xodimlaridan iborat tanlov hakamlar hay'ati tomonidan tanlanadi.
Tanlovda 7 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin.
Eng yaxshi loyihalar mualliflari "Kapitalbank" tomonidan qimmatbaho sovg'alarga ega bo'lishadi:
1-o'rin - smartfon
2 o'rin - planshet
3-o'rin - aqlli soat
Loyihalar (bolaning ismi va familiyasi, yoshi va yashash shahri ko'rsatilgan holda) @Kapitalbank_uz_feedback_bot Telegram botiga yuborilishi kerak.
Ishlar 1-aprel soat 23:59 gacha qabul qilinadi. G'oliblarning ismlari 2-aprel kuni e'lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etishdan oldin ommaviy oferta shartnomasi bilan tanishib chiqing. Ommaviy oferta