Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

"Kapitalbank" Butunjahon Pul haftaligi (Global Money Week) ga bag'ishlab "Mening ishim" bolalar tanlovini e'lon qiladi.

Farzandingizga o'yin o'ynashni taklif qiling: agar uning kapitali yoki "million dollarlik g'oyasi" bo'lganda, u o'z biznesini qanday tashkil qilar edi? Ferma, muzqaymoq fabrikasi, oshxona yoki dizaynerlik byurosi - buning ahamiyati yo'q.

Tanlov qoidalari:
1. O'z biznes g'oyasini aniq ifoda etish kerak: bola nima ochmoqchi va nima uchun;
2. G'oyani qanday amalga oshirish mumkinligi haqidagi qarashlarni taqdim etish kerak (loyihaning daromadlari va xarajatlari mexanizmini belgilash, biznes qachon foyda keltira boshlashini hisoblash).

Format:
Bizda bolalarni o'z g'oyalarini taqdim etish formatini tanlashda cheklovlar yo'q. Bu diagramma va sxemalar bilan chizilgan rasm, matn (insho, esse), slayd-shou formatidagi taqdimot bo'lishi mumkin.

Tanlov mezonlari:
G'oya noodatiy va   qiziqarli bo'lishi, shuningdek tanlov qoidalariga muvofiq taqdim etilishi kerak. Eng yaxshi loyihalar "Kapitalbank" xodimlaridan iborat tanlov hakamlar hay'ati tomonidan tanlanadi.

Tanlovda 7 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin.

Eng yaxshi loyihalar mualliflari "Kapitalbank" tomonidan qimmatbaho sovg'alarga ega bo'lishadi:
1-o'rin - smartfon
2 o'rin - planshet
3-o'rin - aqlli soat

Loyihalar (bolaning ismi va familiyasi, yoshi va yashash shahri ko'rsatilgan holda) @Kapitalbank_uz_feedback_bot Telegram botiga yuborilishi kerak.

Ishlar 1-aprel soat 23:59 gacha qabul qilinadi. G'oliblarning ismlari 2-aprel kuni e'lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etishdan oldin ommaviy oferta shartnomasi bilan tanishib chiqing. Ommaviy oferta

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech