KAPITALBANK.Online mobil ilovasida Visa Direct xizmatidan foydalanuvchi mijozlar uchun aksiya boshlanganini e’lon qiladi. Ular 30 ta Yandex aqlli kolonkalaridan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Buning uchun 2025-yil 1-noyabrdan 2026-yil 31-yanvargacha Visa Direct orqali 1 200 000 so‘m yoki 100 AQSh dollari miqdorida o‘tkazmani amalga oshirish kifoya. Har bir o‘tkazma avtomatik tarzda o’yinda ishtirok etadi. O‘tkazmalar soni cheklanmagan — operatsiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, g‘alaba qozonish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. “Visa Direct bilan faollashing” aksiyasida barcha Kapitalbank Visa kartalari (USD valyutasida), shuningdek, Kapitalbank yoki mamlakatdagi boshqa banklar tomonidan chiqarilgan Humo va Uzcard kartalari, KAPITALBANK.Online ilovasiga ulangan bo‘lishi sharti bilan ishtirok etadi.
Visa Direct — pul jo‘natish va qabul qilishning tez va qulay usuli. Xizmat real vaqt rejimida, jumladan xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirish imkonini beradi.
KAPITALBANK.Online mobil ilovasida Visa Direct orqali o‘tkazma qilish uchun “O‘tkazmalar” bo‘limiga kirish va Visa Direct xizmatini tanlash kerak. Keyin pul yuboriladigan kartani ko‘rsatish va qabul qiluvchining ma’lumotlarini — karta raqami, undagi ism va familiya— hamda o‘tkazma miqdorini kiritish zarur. Amaliyotni tasdiqlagandan so‘ng, mablag‘ bir necha daqiqa ichida qabul qiluvchiga yetib boradi.
Har oyning 10-dan 15-gacha bo‘lgan davrida 10 ta sovrinli kolonka o‘ynaladi. Ularning egasi bevosita efir davomida tasodifiy tanlash usuli bilan aniqlanadi. Har bir o‘tkazma natijalari Kapitalbank rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
