Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22-sentabrdan boshlab Kapitalbank xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi MoneyGram bilan hamkorlikda mashhur yo‘nalishlarga yangi imtiyozli tariflar bilan aksiya boshlaydi.

Endilikda mijozlar sutkasiga 100 mln. so‘mgacha quyidagi shartlarda o‘tkazmalar yuborishlari mumkin:

  • Turkiya — o‘tkazma summasining 0,5%
  • AQSh — o‘tkazma summasining 0,5%
  • Koreya Respublikasi — 2 AQSh dollari
  • Qozog‘iston — 2 AQSh dollari
  • Ukraina — 2 AQSh dollari
  • Qirg‘iziston — 2 AQSh dollari

Aksiya 2025-yil oxirigacha amal qiladi va Kapitalbankning barcha bo‘limlarida, jumladan mini-banklarda ham mavjud.

Mijozlar MoneyGram tizimi orqali bankning barcha ofislarida pul o‘tkazmalari amalga oshirishlari mumkin. Kelgusida ushbu xizmat raqamli formatda ham joriy etiladi va bu yanada qulaylik yaratadi.

Batafsil ma’lumot uchun: 1340

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech