AQShda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga borishni xohlaysizmi? Kapitalbank va Visa xalqaro to‘lov tizimi Visa Kapitalbank kartalari egalari uchun shunday imkoniyatni taqdim etadi. FIFA World Cup 2026™ dizayniga ega yangi eksklyuziv Visa Kapitalbank kartasi egalari esa yutuq uchun ikki baravar ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladilar!
Biz muxlislar terma jamoasi tarkibida Amerikada iyun oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi ikki o‘yindan biriga 11 ta sayohat, shuningdek, Jahon chempionati finaliga 2 ta super yo‘llanma
o‘ynaymiz.
Tribunaga yo‘l juda oson:
- Visa Kapitalbank kartangizdan foydalaning.
- Xaridlarni amalga oshiring: 2026-yil 11-fevraldan 4-aprelgacha O‘zbekistonda yoki dunyoning istalgan joyida har biri kamida 30 AQSh dollariga teng (yoki boshqa valyutada shu miqdorga teng) bo‘lgan kamida 3 ta to‘lovni amalga oshiring. Qancha ko‘p xaridlar bo‘lsa — shuncha ko‘p imkoniyat!
- Yutuqlar e’lon qilinishini kuzatib boring: barcha g‘oliblar 2026-yil aprel oyida e’lon qilinadi. Muxlislar terma jamoasi mashhur murabbiy hamrohligida okean ortiga yo‘l oladi — uning nomi esa hozircha sir!
FIFA World Cup 2026™ eksklyuziv dizayniga ega yangi Visa Kapitalbank (Gold, Platinum yoki Infinite) kartasi bilan yanada ko‘proq afzalliklar:
- Aksiya shartlari bajarilganda sayohat yutish imkoniyati 2 baravar ko‘p;
- Aksiya doirasida sarflangan har 12 200 so‘m, 1 AQSh dollari yoki 1 yevro uchun 1 ta “futball” beriladi. Futballlarni jamg‘aring va ularni fifa.kapitalbank.uz maxsus do‘konida futbolga oid sovg‘alarga almashtiring. Yetkazib berish orqali topshirish punktlariga amalga oshiriladi. Futballlarni hisoblash va ularni sovg‘alarga almashtirish musobaqa yakuniga qadar davom etadi.
Bu yozda jahon futbolining eng muhim voqeasi markazida bo‘ling!
Aksiya haqida batafsil ma’lumot va to‘liq oferta havola orqali taqdim etilgan. Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1340 raqamli kontakt-markazga yoki Kapitalbankning istalgan filialiga murojaat qilishingiz mumkin.
