Aylanma kapitalga kreditlar savdoni, ishlab chiqarishni rivojlantirish, xizmatlar sohasini kengaytirish va h.lar uchun beriladi.
Aylanma kapitalga kredit doirasida Siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:
- xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni xarid qilish
- xizmatlar va bajarilgan ishlarga haq to'lash
- tovarlar zahirasini to'ldirish
- assortimentni kengaytirish
- mavsumiy xaridlarni amalga oshirish
- biznesni kengaytirish va h.
Ilovadagi ma'lumot quyidagicha o'zgartirilsin:
KREDIT MIQDORI – Milliy valyutada - 1 milliard so'mgacha; – Xorijiyda - 100 ming AQSh dollarigacha yoki boshqa valyuta ekvivalentida. |
KREDIT VALYUTASI – milliy va xorijiy valyutada. |
KREDIT MUDDATI – 18 oygacha. |
AYLANMA KAPITAL uchun kreditlar ushbu shakilda taqdim etiladi:
|
KREDIT BO’YICHA FOIZLARNI YOPISH - har oyda. Foizlar kreditning asl qarzdorlik qoldug’iga qo’shiladi. |
KREDIT MIQDORINI QAYTARISH AMALGA OSHIRILMAYDIGAN IMTIYOZLI DAVR-6 oygacha. |
KREDIT MIQDORINI YOPISH asosiy qarzni to'lash uchun imtiyozli davr tugagandan so'ng har oyda amalga oshiriladi. Asosiy qarzni to'lash bo'yicha imtiyozli davr tugagandan so'ng asosiy qarz va hisoblangan foizlar miqdorini annuitet to'lovlari bilan to'lanadi (annuitet usul). |
MUDDATDAN AVVAL YOPISH -ruxsat etiladi, muddatidan oldin to'lash uchun jarimalar va komissiyalar undirilmaydi. |
KREDIT GAROVI – mulkning garovi, shu jumladan yuridik shaxslar va jismoniy shaxslarning shaxsiy va uchinchi shaxslarning garovi bo'lishi mumkin:
Kombinatsiyalangan garov ta'minoti mumkin. Kombinatsiyalangan garov mumkin. Garov umumiy qarz miqdoriga 125% miqdorida kreditning diskont shaklini qo’llash bilan** qabul qilinadi. Diskont miqdori mulk turiga, uning qiymatiga va kredit muddatiga bog'liq. |
* Kredit liniyasini ochmasdan kredit berish - Kredit butun kredit miqdorini bir martalik to'lash yo'li bilan beriladi yoki kredit miqdori (belgilangan qaytarish limiti ) doirasida bir necha martda transh bilan amalga oshiriladi. Qayta tiklanadigan kredit liniyasi - Kreditni yopish va berish o’rnatilga qarzdorlik limiti (bir martalik qarz limiti miqdori) chegarasida bir necha bor va belgilangan muddat ichida amalga oshiriladi. Shuningdek, qayta tiklanadigan kredit liniyasini ochishda Bank tarifida belgilangan qo'shimcha bir martalik komissiya olinadi. Foydalanilmagan kredit liniyasi limiti uchun komissiya olinmaydi. ** Diskont - garov qiymatini aniqlash uchun mol-mulk qiymatiga nisbatan foiz sifatida belgilanadi. Diskont miqdori mulk turiga, uning qiymatiga va kredit muddatiga bog'liq. |
O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlikni yurituvchi sub'ektlar (yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar). |
Faoliyat olib boradigan foydali biznesga ega bo'lish |
"KAPITALBANK" ATB da talab bo'yicha birinchi yoki ikkinchi darajali depozit hisobvarag'ining mavjudligi. |
"KAPITALBANK" ATB joylashgan mintaqada ro'yxatdan o'tgan joy va biznesni yuritish. |
Salbiy kredit tarixini bo’lmasligi. |
Ish muddati va biznesni rasmiy ro'yxatdan o'tkazish kamida 6 oy bo’lishi ma’qullanadi. |
Zarar ko'rib ishlayotgan, likvid balansga ega bo'lmagan korxonalarga kredit berilmaydi. |
|
|
«KAPITALBANK» ATBda qanday qilib aylanma kapitalga kredit olish mumkin?
1QADAM |
Maslahatlar Joylashuviga qarab o'zingiz uchun qulay Bank filialini tanlang va Bank mutaxassisi bilan uchrashuv haqida kelishib oling. Uchrashuv vaqtida Bank mutaxassisi kreditni olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxat bilan tanishtiradi, ularning shakli va mazmuni bo'yicha maslahatlar va barcha savollaringizga javob beradi. |
2QADAM |
Hujjatlarni to'plash va kredit uchun arizani rasmiylashtirish Zarur hujjatlarning to'liq paketini to'plang. Uchrashuvda Bank mutaxassisi bilan kreditni olish uchun keredit arizasini to'ldiring va unga zarur hujjatlarning to'liq paketini bering. Bank mutaxassisi kredit arizasini ro'yxatga oladi va Sizga kredit arizangiz ro'yxatdan o'tkazilganini, taqdim etilgan paket esa belgilangan tartibda ko'rib chiqish uchun qabul qilinganini tasdiqlovchi ma'lumotnomani beradi. |
3QADAM |
Bank tomonidan belgilangan tartibda kredit arizasini ko'rib chiqish va qarorni qabul qilish Bankka Aylanma kapital uchun kredit arizasining barcha zarur hujjatlar paketi ilova qilingan holda kelib tushgan kundan boshlab Bank tomoindan kredit arizasi bo'yicha qabul qilingan qaror sanasi o'rtasidagi muddat O'zR qonunchiligida belgilangan muddatdan oshmaydi. Kredit arizasini ko'rib chiqish va qarorni qabul qilish muddati Siz taqdim etan hujjatlar to'plamining to'liqligiga bog'liq. Bank mutaxassisiga ta'minot sifatida taklif etilayotgan korxona va mulkingizni ko'rsating. |
4QADAM |
Kredit shartnomasini tuzish va ta'minotni rasmiylashtirish Bank ijobiy qaror chiqargan holatda Siz kredit shartnomasini imzolaysiz va belgilangan tartibda kredit bo'yicha ta'minotni rasmiylashtirasiz. |
5QADAM |
Kreditni olish Kredit alohida ssuda hisob raqamini ochish va ushbu hisob raqamidan sizning to'lovlaringizni naqdsiz pul bilan o'tkazish orqali beriladi. |