Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Aylanma kapitalga kreditlar savdoni, ishlab chiqarishni rivojlantirish, xizmatlar sohasini kengaytirish va h.lar uchun beriladi.

Aylanma kapitalga kredit doirasida Siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:

  • xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni xarid qilish
  • xizmatlar va bajarilgan ishlarga haq to'lash
  • tovarlar zahirasini to'ldirish
  • assortimentni kengaytirish
  • mavsumiy xaridlarni amalga oshirish
  • biznesni kengaytirish va h.

Ilovadagi ma'lumot quyidagicha o'zgartirilsin:

KREDIT QIYMATI – potensial Qarzdorning moliyaviy ahvoli, uning biznesi hajmi va kreditni to'lash manbalariga bog'liq.
KREDIT VALUTASI – milliy yoki xorijiy valutada *
KREDIT MUDDATI – 18 oygacha.
FOIZ STAVKASI – kelishuvga ko'ra.
AYLANMA KAPITALGA KREDITLAR QUYIDAGI SHAKLDA BERILADI:
• Kredit liniyasini ochmasdan kredit **
• Tiklanadigan kredit liniyasi** 
MENEJMENT UCHUN BIR MARTALIK KOMISSIYA – Bank tariflariga muvofiq.
KREDIT BO'YICHA FOIZLARNI TO'LASH – har oyda. Foizlar kredit bo'yicha mavjud qoldiq uchun hisoblanadi.
KREDIT QIYMATINI TO'LASH – har oyda teng to'lovlar bilan yoki potensial Qarzdorning moliyaviy-xo'jalik faoliyati xususiyatlariga muvofiq individual reja belgilanadi. 
KREDITNI TO'LASH AMALGA OSHIRILMAYDIGAN IMTIYOZLI DAVR – 6 oygacha. 

KREDIT BO'YICHA TA'MINOT – diskontni qo'llagan holda mulk garovi (shu jumladan, shaxsiy va uchinchi shaxslar – ham yuridik, ham jismoniy shaxslarniki) ta'minot vazifasini o'tashi mumkin ***:
• ko'chmas mulk;
• avtotransport;
• depozitlar (milliy va/yoki xorijiy valyutada);
• maxsus texnika;
• uskuna-jihozlar;
• boshqa likvidli mulk.

Shuningdek, krejit bo'yicha ta'minot vazifasini O'zR qonunchiligida taqiqlanmagan ta'minotning boshqa turlari bajarishi mumkin.  
Aralash ta'minotga ham yo'l qo'yilishi mumkin. Kredit qiymatining kamida 125 foizi miqdoridagi ta'minot qabul qilinadi.

MUDDATIDAN OLDIN TO'LOV – bunga yo'l qo'yiladi, jarimalar va muddatidan oldin to'lov uchun komissiyalar undirilmaydi.
* Xorijiy valyutadagi kreditlar faqat ishlab chiqarish maqsadlari uchun beriladi.
**Kredit liniyasini ochmasdan kredit – Kreditni berish kreditning to'liq qiymatini bir martalik berish bilan amalga oshiriladi yoki kredit qiymati doirasida bir nechta transh bilan bajariladi (berish limitiga ko'ra).
Tiklanadigan kredit liniyasi – Kreditni berish va to'lash qarzdorlikning belgilangan limiti doirasida (bir martalik qarzdorlikning eng katta qiymati) va belgilangan mudat ichida bir necha marotaba amalga oshiriladi. Shuningdek, Tiklanadigan kredit liniyasini ochishda Bank tarifi bilan belgilangan bir martalik komissiya undiriladi. Kredit liniyasining foydalanilmagan limiti uchun komissiya undirilmaydi.
***  Diskont – garov qiymatini aniqlash uchun mulkning bahosidan nisbat foizida arzonlashtiriogan narx. Diskont qiymati mulkning turi, uning bahosi va kredit muddatiga bog'liq.
Yuridik shaxs tashkil etmagan xususiy tadbirkor yoki O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan korxona;
Yurib turgan daromad keltirayotgan biznes bo‘lishi;
“Kapitalbank” OATBda asosiy va ikkilamchi talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘i bo‘lishi;
“Kapitalbank” OATB faoliyat yuritadigan mintaqada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va biznes yuritishi;
Ijobiy kredit tarixi bo‘lishi afzal ko‘riladi;
Ro‘yxatdan o‘tib,  faoliyat yuritishni boshlaganiga 12 oydan ko‘p muddat o‘tganligi afzal ko‘riladi;
Zarar ko‘rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega korxonalarga kredit berilmaydi.
• Kredit arizasi va hujjatlarni bankka ko'rib chiqishga bergunga qadar xarajatlar:
- Biznes rejani tuzib chiqish uchun konsalting tashkilotining tariflariga muvofiq xarajatlar;
- Garov predmetini baholash uchun mustaqil baholash tashkilotining tariflariga muvofiq xarajatlar.
• Kreditni taqdim etish yuzasidan ijobiy qaror qabul qilinganidan so'ng xarajatlar:
- Garov predmetini sug'urtalash uchun sug'urta tashkilotining tariflariga muvofiq xarajatlar;
- Kredit bo'yicha ta'minotni rasmiylashtirish bilan bog'liq  xarajatlar: vakolatli organlarning tariflariga muvofiq davlat bojini to'lash bo'yicha xarajatlar, hujjatlarni notarial tasdiqlatish uchun xarajatlar hamda boshqa hujjatlarin rasmiylashtirish uchun xarajatlar.

«KAPITALBANK» ATBda qanday qilib aylanma kapitalga kredit olish mumkin?:

1-QADAM

Maslahatlar

Joylashuviga qarab o'zingiz uchun qulay Bank filialini tanlang va Bank mutaxassisi bilan uchrashuv haqida kelishib oling. Uchrashuv vaqtida Bank mutaxassisi kreditni olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxat bilan tanishtiradi, ularning shakli va mazmuni bo'yicha maslahatlar va barcha savollaringizga javob beradi.

2-QADAM

Hujjatlarni to'plash va kredit uchun arizani rasmiylashtirish

Zarur hujjatlarning to'liq paketini to'plang. Uchrashuvda Bank mutaxassisi bilan kreditni olish uchun keredit arizasini to'ldiring va unga zarur hujjatlarning to'liq paketini bering. Bank mutaxassisi kredit arizasini ro'yxatga oladi va  Sizga kredit arizangiz ro'yxatdan o'tkazilganini, taqdim etilgan paket esa belgilangan tartibda ko'rib chiqish uchun qabul qilinganini tasdiqlovchi ma'lumotnomani beradi.

3-QADAM

Bank tomonidan belgilangan tartibda kredit arizasini ko'rib chiqish va qarorni qabul qilish

Bankka Aylanma kapital uchun kredit arizasining barcha zarur hujjatlar paketi ilova qilingan holda kelib tushgan kundan boshlab Bank tomoindan kredit arizasi bo'yicha qabul qilingan qaror sanasi o'rtasidagi muddat O'zR qonunchiligida belgilangan muddatdan oshmaydi. Kredit arizasini ko'rib chiqish va qarorni qabul qilish muddati Siz taqdim etan hujjatlar to'plamining to'liqligiga bog'liq. Bank mutaxassisiga ta'minot sifatida taklif etilayotgan korxona va mulkingizni ko'rsating.

4-QADAM

Kredit shartnomasini tuzish va ta'minotni rasmiylashtirish

Bank ijobiy qaror chiqargan holatda Siz kredit shartnomasini imzolaysiz va belgilangan tartibda kredit bo'yicha ta'minotni rasmiylashtirasiz.

5-QADAM

Kreditni olish

Kredit alohida ssuda hisob raqamini ochish va ushbu hisob raqamidan sizning to'lovlaringizni naqdsiz pul bilan o'tkazish orqali beriladi.

Bank mutaxassislari aylanma kapitaliga kreditni olish bilan bog'liq barcha qadmlarni amalga oshirishga yordam beradi.


Hisob-kitob

Har oylik to’lov:
... sum
Ortiqcha to’langan to’lovlar:
... sum
Talabnoma yuborish

Kreditingizni hisoblang

Hisob-kitoblar taxminiy. Kredit bo’yicha yanada batafsil ma’lumot bank bo’limida taqdim etiladi.

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech