Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Bank missiyasi:

Muvaffaqiyatni ijro etish va uni har bir hamkorlarimiz bilan bo’lishish. Biz moliya bozorining eng istiqbolli sohalarining eng daromadli segmentlarida qudratli moliyaviy supermarket yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz.

Bank qadriyatlari

Shaxsga nisbatan hurmat. Har qanday kishining huquq va erkinliklarini hurmat qilish, huquq va erkinliklariga qat’iy rioya va himoya qilish Bank har kungi faoliyatining birinchi darajali tamoyillari sifatida. Bankning har bir xodimining o’z so’zi va xatti-harakati uchun ma’sulligi.

Mijozlar talablariga javob bera olishlik. Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha barcha operatsiyalarni halol, o’z vaqtida va eng yaxshi sharoitlarda, amalga oshirish. Biz hamkorlikni faoliyatimizning barcha sohalarda, ahloq, ishonch va hurmat tamoyillariga asosanlangan holda rivojlantiramiz.

Chempionlikka intilish. Chakana sektorida ustunlik qilish, xalqaro operatsiyalar va investitsiyalarni rivojlantirish biz uchun ustuvor sanaladi. Bizni biznesning yangi sahnlari va sohalari, hamda eng istiqbolli mijozlar qiziqtiradi. Biz, o’sish imkoniyatini berish uchun, bank faoliyatining barcha sohalaridagi eng yaxshi mutaxassislarni jalb etamiz. Xodimlarimizning kasbiy takomillashishini rag’batlantirish, bizning har kungi vazifamiz hisoblanadi.

Jamoaviylik. Kasbdoshlar o’rtasida hamfikrlilik, ishonch, o’zaro yordam va birdamlik, doimiy kasbiy bilimlar va amaliy tajriba almashish asosida munosabatlar o’rnatish. Jamoa barcha xodimlarining Bank umumiy ishiga qo’yilgan strategik masalalarni hal etish va bank missiyasini bajarish maqsadiga sodiqlik.

Halollik va vijdonlilik. Qing’ir yo’l bilan pul topish doimo, yanada katta muammolar va zararlarni keltirib chiqarishini, tushunish. Bu to’g’ri poydevor”ga ishonch. Biz, bank o'z manfaatlarini ko'zlab tadbirkorlik qilish joyi emasligini tushunamiz.

Bank missiyasi quyidagi vazifalarni hal qilishdan iborat bo‘ladi:

  • kapitalning yetarliligi va likvidligi bo'yicha barcha prudensial me'yorlarga javob bergan holda asosiy ko'rsatkichlar o'sish sur'atlarining barqarorligini ta'minlash;
  • rentabellik koeffitsientlari ko'rsatkichlarini yanada oshirish maqsadida aktivlar tarkibini tubdan yaxshilash, xususan, daromad keltiruvchi aktivlar ulushini va ularning daromadlilik darajasini oshirish;
  • Bankning operatsion samaradorligi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun zamonaviy bank texnologiyalarini yanada rivojlantirish va ularni Bank faoliyatining barcha sohalariga bosqichma-bosqich integratsiyalash;
  • Bank xizmatlarini yanada qulayroq qilish uchun eng samarali formatlarda yangi savdo nuqtalarini ochish bo'yicha ishlarni davom ettirish. Xususan, Bank 2021-yilda sotuvlar hajmining eng yuqori o‘sish sur’atlarini ko‘rsatgan BXO formatida (bank xizmatlari ofisi) yangi shoxobchalarni ochishni davom ettirish niyatida;
  • biznes jarayonlarni optimallashtirish, xizmat ko‘rsatish sifati va tezligini oshirish, ayni paytda zamonaviy texnologiyalar va, xususan, yangi dasturiy ta’minotni integratsiyalashgan holda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish orqali samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish;
  • mijozlarga har birining individual xususiyatlariga e'tibor qaratgan holda to'liq xizmatlar ko'rsatishni ta'minlash uchun mahsulot qatorini rivojlantirish asosida mijozlar bazasini kengaytirish;
  • mijozlar uchun birinchi tanlov bankiga aylanish, xizmat ko'rsatish sifati bo'yicha yetakchi mavqega erishish va uni saqlab qolish. Shu maqsadda bank 2022-yilda reklama va umuman marketing uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni ko‘paytirish hamda xodimlarning malakasi va kasbiy salohiyatini oshirish choralarini ko‘radi.

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech