Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Yangi muddatli omonat!
12 May 2023
Sizga shuni ma'lum qilamizki, 2023-yil 23-maydan boshlab milliy valyutadagi yangi "Maksimal kapital" muddatli omonat turi kuchga kiradi

  • Omonat valyutasi - so'm (milliy).
  • Dastlabki to‘lovning eng minimal summasi - 1 000 000 so‘m.
  • Omonat muddati - 36 oy.
  • Omonat kiritilishi mumkin / foizlar to'lanadi:
    • onlayn shaklda foizlar 20206 hisobvarag'iga to'lash bilan;
    • onlayn shaklda foizlarni karta hisobiga to'lash bilan;
    • oflayn shaklda foizlarni hisobvarag'iga to'lash bilan.
  • Foiz stavkasi (1 bank kunidan ortiq omonatdagi summaga qarab hisoblanadi):
    • Yiliga 25% - birinchi 3 oy (1 oydan 3 oygacha bo‘lgan omonatdagi mablag'larda);
    • Yiliga 23% - keyingi 4 oy (4 oydan 7 oygacha bo‘lgan omonatdagi mablag'larda);
    • Yiliga 21% - keyingi 5 oy (8 oydan 12 oygacha bo‘lgan omonatdagi mablag'larda);
    • Yillik 19% - omonat muddati tugagunga qadar (13 oydan 36 oygacha).
  • Foizlar har oy omonat ochilgan kuni to'lanadi.
  • Omonatni to'ldirish - ruxsat etiladi, shu bilan to‘ldirish uchun amal qilyapgan dastlabki omonatga qo'llaniladigan stavka bilan bir xil stavka amal qiladi,.
  • Omonatni qisman yechib olishga yo'l qo'yilmaydi;
  • Omonatni muddatidan oldin yopish quyidagi shartlarda ruxsat beriladi:
  • 1. Agar dastlabki 12 oy davomida omonat muddatidan oldin talab qilingan bo‘lsa, to‘liq bo‘lmagan oy uchun foizlar omonatchiga to‘lanmaydi va ilgari to‘langan foizlar 19% stavkadan kelib chiqib qayta hisoblab chiqiladi; omonatning asosiy summasidan to‘langan va hisoblangan foizlar o‘rtasidagi farq ushlab qolinadi. Agar omonat norezident tomonidan ochilgan bo'lsa va norezident omonati bo'yicha daromad solig'i ushlab qolingan bo'lsa O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 366, 382-moddalarida belgilab o‘tilgan qoidalarga muvofiq mijozdan ushlab qolingan soliq summasini qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
  • 2. Agar omonat ochilgandan so‘ng birinchi 12 oy yakunlanganidan keyin (ya'ni, 13-oydan boshlab) muddatidan oldin talab qilinsa, to'liq bo'lmagan oy uchun omonatchiga foizlar to'lanmaydi, to'langan foizlarni qayta hisoblab chiqilmaydi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1318

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech