Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Xayrli ishlar kuni: Kapitalbank o'zining tug'ilgan kunini nishonladi
8 Apr 2024
7 aprel kuni Kapitalbank o‘zining 23 yilligini nishonladi. Bu yil bank o‘zining tug‘ilgan kunini “Ezgu Amal” jamg‘armasiga 500 million so‘m xayriya qilish orqali nishonlashga qaror qildi — bu mablag‘ saraton kasalligiga chalingan bolalarni davolashga yo‘naltiriladi.

— Yillar davomida jamoamiz o‘n minglab tadbirkorlarga o‘z biznesini rivojlantirishda yordam berdi, millionlab O‘zbekiston fuqarolari moliyaviy xizmatlar va mahsulotlarimiz yordamida kundalik muammolarini hal qilmoqda, — deydi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Bu hursandchilik kunida xayrli ish qilish va “Ezgu Amal” jamg‘armasi bilan birgalikda yordamimizga muhtoj bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yana bir sababdir.

Kapitalbank haqida

2001-yilda tashkil etilgan Kapitalbank bugungi kunda mamlakatimizdagi eng yirik xususiy banklardan biri hisoblanadi. 2023-yilda bankning sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 77 foizga, bankning kredit portfeli 80 foizga o‘sdi, jismoniy va yuridik shaxslarning jami depozitlari hajmining o‘sishi esa 34 foizni tashkil etdi. Bank mijozlari — respublikaning barcha hududlaridan bo’lgan 1,9 million xususiy foydalanuvchi, 64 ming tadbirkor va kompaniyadir.

Ezgu Amal jamg'armasi haqida

Ezgu Amal jamg’armasi 2018 yil noyabr oyida tashkil etilgan notijorat tashkilotdir. Jamg'arma faoliyatining asosiy yo'nalishi saraton va og'ir kasallikka chalingan bolalarga yordam berishdir. O‘tgan yillar davomida jamg‘arma tomonidan 800 nafarga yaqin bolalarni davolashda yordam ko‘rsatildi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 654

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech