Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbankning omonatlar bo'yicha o'yinning yakuniy oyi
30 Nov 2023
"VISAga har kuni foizlar" va Zo'r 7% omonatlar bo'yicha yutuqli o'yin finalga yaqinlashmoqda. Kapitalbankning omonatchilar orasidagi o’yinga bir oy qoldi. Shuningdek, so'nggi ikkita mashinadan biriga ega bo'lish imkoniyatiga yoki aksiya oxirigacha 45 ta pul mukofotlaridan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin.

Kapitalbank aksiyaning oxirigacha yana beshta jonli efirni o'tkazadi, unda 200 million so'm va 2 ta Chevrolet Nexia-3 avtomobili o'ynaladi. O'yinda ishtirok etish uchun siz 2023 yil 31 dekabrgacha omonatlardan birini ochishingiz kerak - "VISAga har kuni foizlar yoki oshirilgan stavka bilan "Zo'r 8%". 2 oy ichida Kapitalbankning omonatchilari 320 million so'm va 2 ta Chevrolet Nexia-3 avtomobilini yutib olishdi.


Sovrinlar o’ynalishi har chorshanba kuni soat 17:00 da bank filiallaridan birida bo'lib o'tadi va rasmiy Instagram sahifasi va Telegram kanalida namoyish etiladi. Boshlovchi jonli efirda tasodifiy raqamlar generatori yordamida g’oliblarni aniqlaydi. Efirlarning yozuvlari bankning rasmiy Instagram sahifasida saqlanadi. O’yini haqidagi e’lonlarni Instagram sahifasi va telegram kanalida ko’rish mumkin.

O‘yin shartlari  aksiyaning rasmiy ofertasida taqdim etilgan. Qo‘shimcha ma’lumotlarni 1340 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3525

Yana ko’ring:

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech