Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Visa "Kapitalbank" tomonidan taqdim etilgan FIFA WORLD CUP 2022 final o'yiniga yo'llanma sohibi aniqlandi
26 Sep 2022

18-sentabr kuni Magic City ko‘ngilochar bog‘ida faqatgina Mundialning asosiy o‘yinlariga xos bo‘lgan hislar ummoni mavj urdi.

Bosh sovrinni o'ynash vaqtidagi hayajonga boy daqiqalar, tanlovlardagi ishtirokchilarning murosasiz kurashi, g'alaba quvonchi va mag'lubiyat alami. Shuningdek, sevimli yulduzlar – Munisa Rizayeva, Dmitriy Polyakov, Zlotnikov Dance Centre larning yorqin chiqishlaridan so‘ng hayajon, shodlik nafasi ufurib turdi va gulduros qarsaklar yangradi. Bularning barchasini mehmonlarga tashkilotchilar – Visa va “Kapitalbank” ATB taqdim etdi.

"Registon" maydonidagi maxsus tayyorlangan sahnada haqiqiy "anshlag" kuzatildi. Ko‘pchilik o'z “o'ljalari”, jumladan, planshetlar, pauerbenklar, aqlli soatlar, shuningdek, brend futbolkalar va kepkalar bilan uylariga qaytishdi.

Asosiy sovrin sifatida esa Visa "Kapitalbank" kartalari egalari o‘rtasida tasodifiy tanlash yo'li bilan FIFA WORLD CUP 2022 final o‘yiniga chipta o'ynaldi. Poytaxtlik Lobar Axmedxo‘jayeva bosh sovrin sohibasiga aylandi. O'yinning o'tkazilish jarayoni aks etgan video sahnadagi katta ekranda namoyish etildi. Yo'llanma Mundialning asosiy jangiga chiptalardan tashqari, gʻolibga Toshkent-Doha-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvoz, mehmonxonagacha va aeroportgacha borish, har kunlik nonushta taqdim etiladigan besh yulduzli mehmonxonaga joylashish, mehmonxonada VisaConcierge xizmatlari, rejalashtirilgan tadbirlarda qatnashish uchun transport vositasi, shuningdek, hisobda 400 dollar bo'lgan VisaPrepaid kartasi, tashkilotchilarning esdalik sovg'asi/tashakkurnomasi va VisaEverywhere dam olish maskaniga tashrif buyurish imkoniyatini o’z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan barcha "bonuslar" Visa tomonidan taqdim etiladi.

Foto tahlil
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 7733

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech