Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
TEAM Universiteti talabalari “Kapitalbank” ATB mehmoni bo‘lishdi
18 Sep 2023
Talabalar bank filialiga tashrif buyurishdi, jarayonlar va tizimlar qanday ishlashi bilan tanishdilar, shuningdek, Bank Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy va Bank Akademiyasi biznes murabbiyi Zarina Akabirova bilan uchrashdilar. Zarina talabalarga moliyaviy boshqaruv asoslari bo‘yicha ma’ruza qildi.

Sayt 700x500 px _Photo 2.png
 
— O‘z ishiga qiziqish bildirgan insonlar sifatida biz “Kapitalbank” ATB faoliyati, o‘z missiyamiz va qadriyatlarimiz haqida hikoya qilib berishdan mamnunmiz, — deydi “Kapitalbank” ATB Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — 20 yillik faoliyati davomida bankimiz mamlakat moliya sektori uchun haqiqiy kadrlar o’chog’iga aylandi va umid qilamanki, bugun biz talaba yigit-qizlarni ilhomlantirdik va tez orada ularning ba’zi birlarini bank jamoasi safida ko‘ramiz.
 Sayt 700x500 px _Photo 3.png

Talabalar bank xodimlari bilan bankda stajirovka va amaliyot o‘tash imkoniyatlarini muhokama qildilar va “Kapitalbank” ATB uchrashuvdan esdalik sifatida har bir talabaga an’anaviy tarzda barcha ishga yangi kelganlarga ishning birinchi kunida taqdim etiladigan foydali esdalik sovg‘alar to‘plamlarini taqdim etdilar.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 613

Yana ko’ring:

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech