Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Shartnomani to‘lash uchun endi bankka borish shart emas!
8 Apr 2020

Turli to‘lov tizimlari xizmatlarini yetkazib beruvchilarning oddiy ro‘yxatiga kiritilmagan biror-bir tashkilotga bir martalik shartnoma bo‘yicha haq to‘lash zaruriyati har birimizda tez uchrab turadi. Elektr quvvati, suv – bular savollarni tug‘dirmaydi. Lekin, agar, bu xususiy bolalar bog‘chasining to‘lovi bo‘lsachi? Yoki “standart” ro‘yxatga kiritilmagan xizmatlarga haq to‘lash kerak bo‘lsa? Yoki hatto, shunchaki o‘z kompaniyangizning ustav fondini to‘ldirish. Ushbu amaliyot bank bo‘limlarida yetarlicha tez bajariladi va 5 daqiqagacha vaqtni oladi. Ammo: axir bankkacha yetib borish kerakku...

Apeisin-1600х900_3.jpg

Endi bo‘lsa – yaxshi yangilik: endilikda kassa oldida navbatda turmasdan, onlayn pul o‘tkazish yo‘li bilan istalgan to‘lov qog‘ozlari va shartnomalar bo‘yicha pul to‘lash mumkin. Apelsin mobil ilovasidagi yangi, «Rekvizitlar bo‘yicha o‘tkazma» funksiyasi o‘zining “identifikatsiya qilingan foydalanuvchilar”iga istalgan bankning HUMO va UzCard kartalari, "Kapitalbank” ATBda ochilgan bank hisobvarag‘i yoki elektron hamyondan pul to‘lashga yordam beradi. Karantin davrida ushbu funksiya mutlaqo bepul – to‘lovlar uchun vositachilik haqi olinmaydi.

Apeisin-1600х900_узб_2.jpg

Kreditni to‘lash uchun Layfxak:

Kredit olgan yoki hozirda unga ega bo‘lganlarning barchasi uni o‘z vaqtida to‘lash zarurligini biladi. Ma’lumki, to‘lov tizimlari va to‘lov kioskalari ma’lum miqdordagi – odatda, to‘lov summasining 1 foiziga yaqin haq evaziga kredit to‘lash xizmatlarini taqdim qiladi. Bu uncha katta bo‘lmagan summalarda hamyon uchun sezilarli bo‘lmasligi mumkin, lekin yirik to‘lovlarni bajarish paytida “katta pul”ga aylanishi ham mumkin.

Nima uchun ko‘proq pul to‘lash kerak? Hozir boshqa ilovalarda vositachilik haqini qo‘shib kredit to‘laydigan payt emas!

O‘z rekvizitlaringizni (kredit to‘lovi mablag‘lari o‘tkaziladigan o‘z bank hisobvarag‘ingizning raqami va bankning kodini) bilib oling hamda o‘tkazma uchun vositachilik haqiga ortiqcha pul sarflamang!

To‘lov amalga oshirilgach esa, ilova sizga qulaylik keltirish maqsadida mablag‘lar o‘tkazilganligini tasdiqlovchi raqamli memorial order beradi.

«Identifikatsiya qilingan foydalanuvchi» nimani bildiradi va qay tarzda unga aylanish mumkin? Buning uchun Kapitalbankning plastik kartasi zarur. Agar u sizda yo‘q bo‘lsa – shunchaki Apelsin ilovasida Kapitalbank kartasini uyga yetkazib berish xizmatini buyurtma qilish lozim. Siz Kapitalbank kartasini mobil ilovaga qo‘shgan zahoti, Apelsin kartaning sms xabar raqami va Apelsin qayd qilingan telefon raqamini tekshirib, sizni, Apelsin’ning barcha kengaytirilgan funksiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega mijoz sifatida “identifikatsiya qiladi”. Rekvizitlar bo‘yicha to‘lov funksiyasi ham ular qatoriga kiradi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 205
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech