Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi
1 Jul 2024
Xalqaro reyting agentligi ekspertlari taniqli brend, yuqori sifatli raqamli xizmatlar va IT infratuzilmasiga izchil sarmoya kiritilishini, bu esa o'z navbatida Kapitalbank uchun o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va O‘zbekiston moliya bozoridagi ulushini oshirish imkonini berishini ta’kidladilar.

“S&P Global Ratings” “Kapitalbank”ning uzoq muddatli kredit reytingini “B+” darajasiga ko‘tardi, reyting prognozi “Barqaror”, bankning qisqa muddatli kredit reytingi “B” darajasida qoldi. Shu bilan birga, xalqaro ekspertlar asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha, "Kapitalbank" brendining mashhurligi va ish samaradorligi mamlakatdagi boshqa banklarga qaraganda kuchliroq mavqega ega ekanligi ham ta’kidladilar.*

“2024-yil iyun holatiga ko‘ra, “Kapitalbank” chakana kreditlash bozorining 11,5 foizini va chakana omonatlar bozorining qariyb 20 foizini egallaydi. Biz bank texnologiyalarni rivojlantirishga sarmoya kiritishda davom etishini va O‘zbekiston moliya bozorida innovatsiyalar bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolishini kutib qolamiz. Chakana savdo segmentida ham, kichik va o'rta biznes (KO'B) segmentlarida ham qo'shimcha rivojlanish imkoniyatlari bankning Uzum ekotizimiga integratsiyalashuvi orqali yuzaga keladi. Bularning barchasi raqobat kuchayganiga qaramay, bankning bozor ulushini yanada kengaytirishga zamin yaratadi”, — deyiladi S&P Global Ratings hisobotida.

━ Bankning xalqaro reytinglardagi o‘rnining o‘sishi, birinchi navbatda, strategiyamizning to‘g‘riligini anglatadi – “Kapitalbank” xususiy mijozlar va tadbirkorlar uchun raqamli bank xizmatlarini rivojlantirishga faol sarmoya kiritmoqda, ━ deydi ATB “Kapitalbank” boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy ━ Raqamli rivojlanishga kiritgan sarmoyamizning dastlabki natijalarini allaqachon ko‘ryapmiz. Birinchidan, yangi mijozlarni – ham fuqarolarni, ham biznes vakillarini—mamlakatning turli burchaklaridan jalb qilish. Ikkinchidan, operatsion samaradorlikni sezilarli darajada oshirish.

S&P Global Ratings prognoziga ko'ra, bank har yili kredit portfelini 30-40 foizga oshirish va kichik va o'rta biznes (KO'B) uchun xizmatlarni rivojlantirishni davom ettiradi, bu esa yiliga 35-38 foiz daromad o'sishini ta'minlaydi. Yuqori operatsion samaradorlik tufayli xarajatlarning daromadga nisbati 40-45%, o'z kapitalining rentabelligi esa taxminan 40% bo'lishi kutilmoqda.

“Kapitalbank” mamlakatdagi eng yirik xususiy banklardan biri hisoblanadi. Bank mijozlari orasida 2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari hamda 67 mingdan ortiq kompaniya va tadbirkorlar bor. Respublikamizning barcha hududlarida “Kapitalbank”ning 100 dan ortiq filial va ofislari faoliyat ko‘rsatmoqda.

* Taqqoslash uchun S&P tahlilchilari ATB “Hamkorbank” va ATB “Ipoteka-bank” ning ko’rsatkichlarini ham ko‘rib chiqdilar.

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi haqida

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi—global moliyaviy hamdaTovar xom-ashyo bozorlari, avtomobil sanoatida faoliyat olib boruvchi tashkilotlarga kredit reytinglari, etalon ko’rsatkichlari, tadqiqotlar o’tkazish va biznes yechimlarini taqdim etuvchi yetakchi global kompaniya bo‘lgan S&P Global (NYSE: SPGI)ning tarkibiga kiradi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 478

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech