Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Raqamli iqtisodiyot uchun kadrlar
28 Jul 2020

Raqamli iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash har bir oliy o’quv yurti uchun ustuvor bo’lishi lozim. Raqamli transformatsiya sohasidagi ekspertlar yosh mutaxassislarni o’tgan asrning metodlari, kitoblari va qo’llanmalari asosida o’qitish yoshlarni rivojlanishdan to’xtatib, foydadan ko’ra ko’proq zarar olib keladi degan fikrni ilgari surishadi.

Bank-moliya akademiyasi yangi o’quv yilida “Moliya va moliya texnologiyalari” mutaxassisligini ochmoqda. Ushbu mutaxassislikda bank va moliya xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi loyiha rahbarlari ta’lim oladi. Yangi mobil ilovalar va online-xizmatlar mazkur mutaxassislar tufayli keng tarqaladi.

Magistraturada ta’lim olishga ko’proq munosib nomzodlarni tanlash uchun Akademiya yosh, bazaviy ma’lumoti va sohada ish tajribasi bo’yicha cheklovlarni olib tashladi. Endi bu yerda axborot texnologiyalari va matematika sohasida bazaviy ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassislar ma’qullanadi.

“Akademiyaga qabul Keys-chempionat shaklida o’tkaziladi. Biz har kuni ishtirokchilardan yuzlab arizalar qabul qilyapmiz, nomzodlar katta qiziqish bildirmoqda, axir bu usulda magistraturaga qabul O’zbekistonda birinchi bor o’tkazilmoqda” – deydi Bank-moliya akademiyasi prorektori v.v.b, iqtisod fanlari doktori Zafar Berdinazarov.

Akademiya rahbariyati Ochiq Keys-chempionat ishtirokchilari uchun maxsus AQSH, Qozog’iston, Misr, Rossiya, Ummon va boshqa mamlakatlardan boy amaliy tajribaga ega mutaxassislarni jalb qildi.

Keys-chempionat davomida ishtirokchilar dolzarb masalalar yuzasidan o’z yechimlarini taklif qilib borishadi, jumladan:

  • 2030-yilda moliyaviy tashkilotlar va banklar haqida tasavvur;
  • iqtisodiy o’sish va inflyatsiyani kamaytirishni ta’minlash metodlari;
  • kapital bozorining hajmini YIM 10% gacha oshirish yo’llari;
  • soliq tizimini tubdan o’zgartirish yo’llari;
  • pandemiya sharoitida iqtisodiy o’sishni ta’minlash.

Birinchi haftaning o’zida Bank-moliya akademiyasining saytida (qabul.bfa.uz) 700 dan ortiq nomzodlar ro’yxatdan o’tdi. Ularning ba’zilari bilan tanishamiz:

Sarvarjon Mizrobov, Navoiy tog’-metallurgiya institutining bitiruvchisi, Akademiyada yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish niyatida va o’zining bilim hamda iste’dodlarini ko’rsatishni oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Islom Iskanov, Toshkentdan, Asia Alliance Bank mutaxassisi, Toshkent moliya institutining bitiruvchisi, shunday deydi: “Akademiyada iste’dodli yoshlar uchun sharoitlar yaratilgan, shuning uchun Keys-chempionatda yuqori natijalarga erishish uchun bor kuchimni sarflayman”.

Avezjon Abdulloev – Buxoro davlat universitetida 3-kurs talabasi, shunday fikrlarni bildirgan: “Men qator xorijiy mamlakatlar – Xitoy, Turkiya, Qozog’iston, BAA da amaliyot o’taganman va o’qishda davom etyapman. Birinchi Keys-chempionat haqida eshitganimda, darhol unda ishtirok etishga qaror qildim. Mening maqsadim – Bank-moliya akademiyasida yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish va mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishiga o’z hissamni qo’shish”.

“Bank-moliya akademiyasida ishga yangi yondashuvlar eng yaxshi ish beruvchilarning e’tiborini tortmoqda. Agrobank, Milliy bank, Asaka bank, Hamkorbank, Sanoat Qurilish Bank magistraturada o’qish uchun o’z granitlarini ajratishga tayyorliklarini tasdiqlashdi, davlat organlarining xodimlari keys-chempionatda g’olib chiqishi va o’qish uchun davlat grantini qo’lga kiritishi mumkin” – deydi Akademiya kafedra mudiri, iqtisod fanlari doktori Fozliddin Allayarov.

Bank-moliya akademiyasi Kapitalbank bilan birgalikda barcha nomzodlarga omad tilaydi va Keys-chempionatda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish 2020-yil 1-avgustigacha ochiqligini eslatib o’tadi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1349

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech