Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Pul o‘tkazmasini divandan turmagan holda onlayn olish mumkin!
6 Apr 2020

Western Union, Contact, MoneyGram va UNIStream – bu o‘tkazmalarning barchasini endilikda divandan turmagan holda onlayn olish mumkin. Agar, siz hech bo‘lmaganda «Kapitalbank»ning mijozi bo‘lsangiz. Hozircha mijoz bo‘lmasangiz – buning zarari yo‘q: onlayn tarzda mijozga aylanish imkoniyati ham mavjud!

Butun jarayonni «Kapitalbank»ning Apelsin mobil ilovasida bajarish mumkin. Buning uchun Apelsin’ni yuklab olish va tasdiqlangan foydalanuvchiga aylanish zarur: sizda hech bo‘lmaganda bitta «Kapitalbank» plastik kartasi mavjud bo‘lganda “tasdiqlanish” imkoniyati mavjud bo‘ladi. Agar bunday kartangiz bo‘lmasa – xuddi shu tarzda, Apelsin’da, kartaga uyga yetkazib berish xizmati bilan onlayn buyurtma berishingiz mumkin. Karta sizga yetkazib berilgach – iltimos, uni ilovada “ishga tushiring”. Tamom: shu paytdan boshlab siz xalqaro pul o‘tkazmalarini o‘z hisobingizga o‘tkazish, va boshqa ko‘plab funksiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Va bularning barchasi – onlayn tarzda.

Endi o‘tkazmalar haqida davom etamiz. Tasdiqlangan foydalanuvchi uchun navbatdagi qadam – valyuta hisobvarag‘ini ochish hisoblanadi. Buning uchun ilovada “Menyu” qo‘shimcha ilovasini ochish, “Hisoblar”ga o‘tish, «+» belgisini bosish va hisobvaraq qaysi valyutada ochilishini tanlash kerak. Agar mijozda «Kapitalbank» VISA kartasi mavjud bo‘lsa, uni Apelsin’ga qo‘shish mumkin, bunda hisobvaraq avtomatik ravishda ochiladi. «Hisoblar» qo‘shimcha ilovasida doim o‘z valyuta hisobvarag‘ingizni izlab topib, uning holatini tekshira olasiz.

Shundan keyin, foydalanuvchi o‘z valyuta hisobvarag‘iga ega bo‘lgach, xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qila oladi. Buning uchun, asosiy ekrandagi Apelsin’ning pastki panelida joylashgan “Chat” orqali «Kapitalbank»ning aloqa-markazi bilan bog‘lanish va o‘tkazma kutilayotganini ma’lum qilish lozim. Aloqa-markaz xodimi keyingi bajariladigan ishlarni tushuntiradi, pullar hisobvaraqqa kelib tushgan zahoti esa u foydalanuvchi bilan bog‘lanib, uning hisobiga pul o‘tkazilganligi haqida xabar beradi. Hisobvaraqdagi pullarni VISA «Kapitalbank» kartasiga yoki Uzcard va Humo kartalariga o‘tkazish mumkin, agar ushbu kartalar Apelsin’ga qo‘shilgan bo‘lsa.

Apelsin ilovasi orqali valyuta hisobvarag‘ini ochish bo‘yicha yo‘riqnoma

photo_2020-04-06_14-04-03.jpg

photo_2020-04-06_14-04-04.jpg

photo_2020-04-06_14-04-04 (2).jpg

photo_2020-04-06_14-04-04 (3).jpg

photo_2020-04-06_14-04-05.jpg

photo_2020-04-06_14-04-05 (2).jpg

photo_2020-04-06_14-04-52.jpg

  • Agar Sizga «Kapitalbank» VISA kartasi ochilgan bo‘lsa, kartangiz Apelsin mobil ilovasiga qo‘shilgan zahoti valyuta hisobvarag‘i avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.
  • O‘z hisobvarag‘ingizni «Menyu» - «Hisoblar» qo‘shimcha ilovasida izlab topishingiz mumkin, u 20206... raqamlari bilan boshlanib, sizning Kapitalbankdagi valyuta hisobvarag‘ingiz sanaladi.
  • Agar Sizning nomingizga o‘tkazma jo‘natilgan bo‘lsa, Siz uni bank bo‘limiga kelmasdan o‘z plastik kartangizga olishingiz mumkin.
  • Aloqa markazi mutaxassisiga o‘z valyuta hisobvarag‘ingizga pul o‘tkazmasi olish niyatingiz haqida ma’lum qiling. Mutaxassis keyingi bjariladigan ishlarni tushuntiradi.
  • Pullar Sizning hisobvaraqingizga kelib tushgandan so‘ng aloqa markazi xodimi Siz bilan bog‘lanib, pul o‘tkazilganligi haqida xabar beradi.
  • Hisobvaraqdan pullarni o‘z «Kapitalbank» VISA kartangizga dollarda yoki Uzcard va Humo kartalariga so‘mda o‘tkazishingiz mumkin. Hisobvaraqdan pul o‘tkazmoqchi bo‘lgan kartalaringiz Apelsin’ga qo‘shilgan bo‘lishi kerak.

Valyuta hisobraqamidan mablag'larni o'tkazish yo'riqnomasi

photo_2020-04-06_14-04-06.jpg

photo_2020-04-06_14-04-07.jpg

photo_2020-04-06_14-04-07 (2).jpg

photo_2020-04-06_14-04-08.jpg

photo_2020-04-06_14-04-08 (2).jpg

photo_2020-04-06_14-04-09.jpg

photo_2020-04-06_14-04-09 (2).jpg

photo_2020-04-06_14-04-59.jpg

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3696

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech