Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Plastik kartalar ortiq "o'z" filiallariga bog'liq bo’lmaydi
18 Jul 2020

2019-yilning aprel oyiga qadar chiqarilgan Uzcard plastik kartalari avtomatik ravishda ular ochilgan filialga bog'langan edi. Bu mijozlar uchun noqulayliklar tug'dirardi - har safar hisob ma'lumotnomasini olish, kartani to'ldirish, qayta chiqarish yoki yopish kerak bo'lganda, faqatgina o’sha plastik kartaning “o’z" filialiga borishga to’g’ri kelardi. Endi ushbu muammolarni texnik ishlardan so'ng darhol “Kapitalbank”ning istalgan filialida hal qilish mumkin.

18-iyundan boshlab 20 kun ichida biz asta-sekin plastik kartalarni "o’z" filiallaridan "yagona" maydonga "migratsiya" qilishni amalga oshiramiz. Siz kartani qaysi filialda ochganingiz muhim bo’lmay qoladi - xizmat ko’rsatish “Kapitalbank”ning istalgan filialida amalga oshiriladi. Migratsiya 2018-yil boshlari va 2019-yil oxiri o'rtasida chiqarilgan ish haqi plastik kartalariga taalluqli. Migratsiyadan so'ng Apelsin ilovasidagi mijozning holati "Anonim" dan "Identifikatsiyalangan" ga o'zgaradi, bu esa ilovaning to'liq imkoniyatlarini ochib beradi.

Xavotir olmang, chunki o'rtacha hisobda jarayon bir necha soat vaqtni oladi va ish kechasi amalga oshiriladi. Kamdan-kam hollarda ko'proq vaqt talab qilinishi mumkin. Bank xodimlari hammasini imkon qadar sezilarsiz tarzda amalga oshirishga harakat qilishadi. Noqulayliklar uchun oldindan uzr so'raymiz.

Migratsiya jadvali:
  • 18.07.2020 - Sergeli filiali (01042);
  • 19.07.2020 - TShF filiali (00445);
  • 20.07.2020 - migratsiya bo'lmaydi;
  • 21.07.2020 - Buxoro filiali (01082)
  • 22.07.2020 - Yashnabod filiali (01136)
  • 23.07.2020 - Nukus filiali (01038)
  • 24.07.2020 - Chorsu filiali (01033)
  • 25.07.2020 - OPERB filiali
  • 26.07.2020 - MUF filiali

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 158
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech