Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Maxsus taklif tadbirkorlar uchun UzAuto Motors va Kapitalbankdan
13 Mar 2025
AO «UzAuto Motors» hamda AKB «Kapitalbank» o'zini o'zi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga yangi avtomobillarni juda foydali shartlar bilan sotib olish imkoniyatini taqdim etadi — 4,5% yillik stavkadan! Taklif Chevrolet ONIX, TRACKER, CAPTIVA va TRAVERSE modellarini O'zbekistondagi rasmiy dilerlardan sotib olishga tegishli.

— Ko'pincha, avtomobil sotib olish kichik biznesning boshlang'ich nuqtasi bo'ladi, o'zini o'zi band qilganlar uchun esa, shaxsiy transportning mavjudligi ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. AO «UzAuto Motors» bilan birga biz tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlaymiz va ularga ishonchli avtomobillar bilan avtoparkni yangilash yoki to'ldirishni foydali shartlarda taklif etamiz, — deydi Kapitalbank Boshqaruvi raisi Kirill Maevskiy.

Kredit summasi 300 million so'mgacha, foiz stavkasi 4,5% dan, kredit berish muddati esa 60 oygacha. Kredit shartlari haqida batafsil ma’lumotni AKB “Kapitalbank”ning eng yaqin filialida bilib olishingiz mumkin.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3254

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech