Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Magic City da Visa Kapitalbank dan sovrinlar o'yini va shou-dasturi!
12 Oct 2022

Visa Kapitalbank tomonidan tashkillashtirilgan aksiyasining ikkinchi bosqichi ham yakunlanmoqda. 16-oktabr, yakshanba kuni poytaxtning Magic City bog‘ida ko‘ngilochar shou-dasturi bo‘lib o‘tadi, u yerda pul mukofotlari g‘oliblari nomlari e’lon qilinadi.

Shuningdek, kecha davomida yig'ilgan tomoshabinlar o'rtasida ko'plab esdalik sovg'alari o'ynaladi. Shuningdek, mahalliy estradamiz yulduzlari ham chiqish qiladi: bu safar tomoshabinlar sahnada Rayhon, Shoxruhxon va Hamdam Sobirovlarni ko‘radi. Musiqiy hamrohlik DJ Pashkovga ishonib topshirilgan.

Boshlanish vaqti 18:00. Kirish bepul.

O'z omadingni sinab ko'rish va ko'plab pul mukofotlaridan birini yutib olish imkoniyatini qo'lga kiritishni istagan odam oddiy shartni bajarishga shoshilishi kerak. 15-oktyabrgacha 200 ming so‘mdan yoki 20 dollardan boshlangan har qanday xarid uchun Visa Kapitalbank kartalari orqali to‘lov qilish kifoya. Karta bilan bunday xaridni amalga oshirgan har bir Visa Kapitalbank kartasi egasi avtomatik tarzda aksiya ishtirokchisiga aylanadi. Kuniga bitta savdo nuqtasida bitta tranzaksiya bitta yutish imkoniyatini beradi.

Batafsil shartlar: https://kapitalbank.uz/uz/press_center/action/visa-va-kapitalbank-dan-sovrinli-aksiya-15-oktyabrgach...

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 430

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech