Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kreditga Chevrolet Trailblazer: "UzAuto Motors" va "Kapitalbank" qo'shma aksiyasini boshlashmoqda
12 May 2021

30-iyunga qadar "Kapitalbank"dan kredit evaziga Chevrolet Trailblazer mashinasini to'rt yillik muddatga sotib olish mumkin.

Agar siz zamonaviy sozlamalarni, unumdorlikni, dizayn va xavfsizlikni birlashtirgan to'liq hajmli yo'ltanlamasni orzu qilayotgan bo'lsangiz, u holda Chevrolet Trailblazer avtomobilini imtiyozli shartlar asosida kreditga sotib olish imkoniyatini boy bermang.

Joriy yilning 12-mayidan 30-iyunigacha "UzAuto Motors" AJ "Kapitalbank" ATB bilan birgalikda to'rt yilgacha avtokredit berish dasturi ishga tushirilishini e'lon qiladi.

Aksiya doirasida avtokredit olish uchun bir nechta shartlar taklif etiladi:

Birinchi badal - umumiy summaning 35 foizi;
Foiz stavkasi - yillik 20,99%;
Muddati - 48 oy.

Birinchi badal - umumiy summaning 50 foizi;
Foiz stavkasi - yillik 19,99%;
Muddati - 36 oy.

Diqqat! Avtomobillar soni cheklangan!

Avtokreditlash shartlari to'g'risida qo'shimcha ma'lumotni aloqa-markazi operatorlaridan +998 (71) 200 15 15 telefon raqami orqali yoki kapitalbank.uz saytidan olishingiz mumkin.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1869

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech