Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kilogramm pul” aksiyasida ilk bor 94 million so‘m yutib olindi
10 Jun 2024
Oldinda, har bir Visa Kapitalbank kartasi egasi ishtirok etishi mumkin bo'lgan oxirgi o'yin qoldi.

O‘zbekistonda 1-fevraldan buyon Visa Kapitalbank to‘lov kartalari egalari uchun o‘tkazilayotgan “Kilogramm pul” lotereya aksiyasida Toshkentlik hisobchi eng yirik pul yutug‘ini qo‘lga kiritdi. Aksiyaning navbatdagi to‘rtinchi o‘yini g‘oliblari 7-may kuni “Zo‘r” telekanalining “Boriga baraka” ko‘rsatuvida jonli efirda ma’lum bo‘ldi.

Сайт_ 700x500 px Ru 3 (3).png

Aksiya shartlariga ko‘ra, Kapitalbank tomonidan chiqarilgan Visa kartasiga ega bo‘lgan Respublikamizning har qanday rezidenti ishtirokchi bo‘lishi mumkin. Buning uchun, 30-iyunga qadar 200 ming so‘m yoki 20 AQSh dollardan boshlab xarid amalga oshirish talab qilinadi. Shundan so'ng, mijozning ma'lumotlari tasodifiy raqamlar generatoriga tushadi, mazkur raqamlar orasidan keyingi o'yinga taklifnoma oladigan beshta o'yinchi tanlanadi. Ko‘rsatuv efiri davomida ishtirokchilarga o'yin barabanidagi 20 ta sumkadan birini tanlash imkoniyati beriladi. Ularning har birida bir kilogram og’irlikdagi banknotalar bor. Banknotlarning nominal qiymati har holatda har xil, shuning uchun qoplardagi pul miqdori 2 million so‘mdan 94 million so‘mgacha bo’lishi mumkin. Albatta, qancha pul va aynan qaysi sumkada yashirilgani hamma uchun, jumladan, o‘yinchilar va shou boshlovchisi uchun ham sir bo‘lib qoladi.

Сайт_ 700x500 px Ru 4 (3).png

May oyida oʻtkazilgan oʻyinda besh ishtirokchidan uchtasi 2 million soʻmlik qoplarni topishdi. Ishtirokchilardan boshqa biri barabandan 20 million so‘m solingan qopni olishga muvaffaq bo‘ldi. Haqiqiy sensatsiya esa, Toshkent shahrida hisobchi bo‘lib ishlayotgan Dildoraga omad kulib boqqani bo‘ldi. Shu paytgacha hech kim bosh sovrin – 94 million so‘mni qo‘lga kirita olmagan edi. Dildoraning o'zi ham e'tirof etganidek, u o'zining bunday katta muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini unchalik yuqori baholamagan va taklifnoma olgandan keyin ham efirga chiqishni niyat qilmagan. Ammo oxirgi daqiqada fikrini o'zgartirdi - va bundan afsuslanmadi. Yutilgan pul evaziga oila yangi mashina sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Сайт_ 700x500 px Ru 2 (3).png

Visa Kapitalbankning “Kilogram pul” aksiyasi 30-iyunga qadar davom etadi, shundan so‘ng ishtirokchilar oxirgi o‘yinga saralanadi. Tanlov natijalari, shuningdek, “Boriga Baraka” ko‘rsatuvlaridagi barcha natijalarni Instagram’ning @visa_kapitalbank va @kapitalbank.uz rasmiy sahifalari, shuningdek, http://kilovisa.kapitalbank.uz sayti orqali kuzatib borishingiz mumkin. Shuningdek, o'yin shartlari hamda aksiya Ofertasi ham shu yerda joylashtirilgan. Qo'shimcha ma'lumot uchun 1340 raqamiga qo'ng'iroq qiling
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 326

Yana ko’ring:

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech