Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kilogram pull” Visa Kapitalbank lotereyasining yangi g‘oliblariga nasib etdi
9 Apr 2024
Visa Kapitalbank kartalari egalarida 30 chi iyunga qadar bir kilogramm banknot solingan qop yutib olish imkoniyati mavjud.

“Kilogramm pul” noyob lotereya aksiyasida yangi g‘oliblar paydo bo‘ldi, uning davomida Visa Kapitalbank to‘lov kartalari egalari tom ma’noda bir kilogramm banknot yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Omadi kulgan g‘oliblarning ismlari 5chi aprel kuni Zo‘r telekanalidagi “Boriga baraka” ko‘rsatuvida jonli efirda e’lon qilindi. Ikki ishtirokchiga 10 million so‘mni olib ketish nasib etdi.

Сайт_ 700x500 px Ru (9).png

Loterya qoidalari o'zgarishsiz qoldi. Avvalgidek, g'oliblik uchun beshta da'vogar tasodifiy raqamlar generatori tomonidan oldindan tanlab olindi. Bir kilogramm pul yutib olish imkoniyati har qanday Visa Kapitalbank kartasi egasi uchun 30-iyungacha saqlanib qoladi. Buning uchun kartangiz orqali 200 ming so‘m yoki 20 dollardan boshlab xaridlarni amalga oshirish kifoya. Agar omadingiz chopsa, yutuq xuddi shu kartaga o'tkaziladi.

Сайт_ 700x500 px Ru (10).png

Ko‘rsatuvni efirga uzatish davomida ishtirokchilarga yana banknotlar bilan to‘ldirilgan 20 dona qopdan birini tanlash imkoniyati berildi. Har bir qopdagi banknotalar o‘z nominaliga ega bo'lib, bir holatda bir kilogramm banknotalar 2 million so‘mdan iborat bo'lishi mumkin, boshqa holatda esa maksimal sovrin – 94 million so‘m bo'lishi” mumkin! Qaysi qopda qancha pul borligini hech kim, jumladan, ko'rsatuv olib boruvchisi ham bilmas edi. Shu sababli, u g'ayrat bilan ishtirokchilarga yakuniy tanlov qilishdan oldin yuz marta o'ylab ko'rishga undadi.

Natijada ishtirokchilardan biri ichida 2 million so‘m solingan qopni tanladi. Yana ikki nafar omadi chopganlardan har biri 5 million so‘mdan yutib oldi. Nihoyat, qolgan ikki omadli esa o‘yin barabanidan har biri 10 million so‘mlik qopni yutib oldilar. Ammo, bosh sovrin hanuz qozonilmagan holda qoldi. G‘alaba qozonish haqiqatan ham tasodif ishi ekanligiga, studiyadagi tomoshabinlar, barabanda 96 million so‘m solingan qop borligini ko'rganlarida yanada ham amin bo'ldilar.

Сайт_ 700x500 px Ru-1 (3).png

Shartlarining soddaligi va yutish imkoniyati bilan noyob Visa Kapitalbankdan “Kilogram pul” aksiyasi 1-fevraldan boshlab, 30-iyungacha davom etadi. Ishtirokchilarning oylik saralanishi hamda navbatdagi “Boriga baraka” efirining natijalarini Instagram’ning @visa_kapitalbank va @kapitalbank.uz rasmiy sahifalari hamda http://kilovisa.kapitalbank.uz saytida kuzatib borish mumkin. Shuningdek, o'sha yerning o'zida o'yin shartlari bilan aksiya taklifini topish oson. Qo'shimcha ma'lumot uchun 1340 raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 415

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech