Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kilogram pul” aksiyasi yana 97 million so‘m pul yutug'i bilan yakunlandi
17 Jul 2024
Kapitalbank Visa karta egalariga yangi sovg'alarni va'da qilmoqda

2024-yil 1-fevraldan 30-iyungacha Visa Kapitalbank to‘lov kartalari egalari uchun o‘tkazilgan “Kilogram pul” lotereya aksiyasining beshinchi va yakuniy bosqichida umumiy qiymati salkam 100 million so‘m bo‘lgan yana beshta pul yutug‘i o‘ynaldi. Umumiy summaning yarmidan ko'pi o'yin ishtirokchilaridan biriga tushdi.

Сайт_ 700x500 px Ru (13).png

Tashkilotchilarning shartlariga ko‘ra, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan istalgan fuqaro aksiya muddati davomida Visa Kapitalbank kartasi orqali 200 ming so‘m yoki 20 AQSh dollari va undan ortiq xaridlar uchun to‘lov qilgan bo‘lsa, pul mukofoti yutish imkoniyatiga ega bo’ladi. Aksiyaga qiziqish bildirgan mijozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tasodifiy raqamlar generatoriga yuboriladi, generator esa har oy “Zo‘rTV” telekanalidagi “Boriga baraka” dasturining jonli efirida ishtirok etish uchun besh nafar o’yinchini tanlab oladi.

Сайт_ 700x500 px Ru 1 (7).png

Teleko'rsatuv davomida har bir o'yinchi o'yin barabanidagi pul mukofoti bo'lgan xaltachani taxmin qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Xaltachalarga turli nominaldagi banknotalar yashirilgan. Natijada, vazni bir kilogramm bo'lgan pul mukofotlari turli xil qiymatlarga ega bo'ladi. Yakuniy shouda besh nafar o‘yinchidan biri umumiy qiymati 50 million so‘mlik banknotalar solingan bir kilogramm og’irlikdagi xaltachani taxmin qilishga muvaffaq bo‘ldi. Iyul oyi tirajining yana ikki ishtirokchisi har biri 20 million so‘mdan, qolgan ikki nafar ishtrokchilar mos ravishda 5 million va 2 million so‘m miqdoridagi pul mablag’larini yutib olishdi.

Сайт_ 700x500 px Ru 2 (5).png

Aksiyaning beshta bosqichidan faqat bittasida 94 million so‘mlik super sovrin yutib olindi, zero o‘yinchilarning o‘zlari, teleko‘rsatuv boshlovchisi va studiyadagi tomoshabinlar har safar ishtirokchilarning orzu qilingan yutuqqa qanchalik yaqin kelganliklarini ko‘rishlari mumkin edi.

Сайт_ 700x500 px Ru 3 (5).png

Ko’rsatuvning yozib olingan relizlari tarixi Kapitalbankning rasmiy resurslarida: Instagramdagi @visa_kapitalbank va @kapitalbank.uz sahifalarida, shuningdek http://kilovisa.kapitalbank.uz veb-saytida saqlanib qolgan.

Bank karta egalari uchun va'da qilingan yangi aktsiyalarni o'tkazib yubormaslik uchun yangiliklarni kuzatib borishni tavsiya qiladi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 2016

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech