Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kartalar migratsiyasi davom etmoqda
25 Jul 2020

Butun respublika bo'ylab "Kapitalbank" ning 2019-yil aprel oyiga qadar chiqarilgan kartalarining migratsiyasi  davom etmoqda. Sizga shuni eslatib o'tamizki, kartalar migratsiyasi ularning "o'z" filialiga bog'lanib qolmay, ularga "Kapitalbank" ning istalgan filialida erkin xizmat ko'rsatilishi uchun zarur.

Ba'zi kartalar migratsiya qilib bo'lindi, ba'zilari esa bugun migratsiya qilinadi. Soat 16:00 da nukus filiali kartalarining migratsiyasi amalga oshiriladi. Shuningdek, bir kun ichida Qo'qon, Namangan Farg'ona, Termiz, Buxoro va Toshkent filiallarida (bosh ofis va Yashnobod filiali) chiqarilgan kartalar migratsiya qilinadi.

Migratsiya qilinuvchi kartalar egalari bugun karta operatsiyalari bilan bog'liq qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Biroq, ishlarning aksariyat qismi tunda bajariladi, shuning uchun ko'p hollarda kartalar migratsiyasi sezilarsiz tarzda amalga oshiriladi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1129

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech