Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbankning aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qo‘shgan hissasi Markaziy Bank tomonidan e'tirof etildi
9 Jan 2025
2024 yil yakunlariga ko‘ra, Kapitalbank moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirganligi uchun Markaziy Bank tomonidan “Eng mas’uliyatli bank” deb topildi.

Сайт_ 700x500 px Ru 17.png

Kapitalbank tadbirkorlar va mamlakatimizning chekka hududlari aholisi uchun 30 dan ortiq ma’ruza va seminarlar tashkil etdi va ularda ishtirok etdi. Shaxsiy moliyaviy menejment asoslarini o‘rgatish, kreditlar, jamg‘armalar va investitsiyalar haqidagi bilimlarni ommalashtirish, zamonaviy bank sohasida raqamli texnologiyalarning rolini tushuntirishga alohida e’tibor qaratildi.

— Moliyaviy savodxonlik barqaror rivojlanishning kalitidir. Bizning vazifamiz – bilimlarni O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun ochiq qilish, – dedi “Kapitalbank” Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismailov. — Bundan tashqari, 2025 yilda Kapitalbank Markaziy bank va bank-moliya bozoridagi hamkasblari bilan mazkur yo'nalishdagi ta'limga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 213

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech