Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbankda xodimlarni tayyorlash akademiyasi ochildi
19 Mar 2024
Kapitalbank akademiyasida xodimlar kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun turli yo‘nalishlar bo‘yicha bepul treningdan o‘tishlari mumkin

O‘zbekistondagi eng yirik xususiy bank 3000 dan ortiq bank xodimlarini o‘qitish imkonini beruvchi o‘zining o‘quv markazini ishga tushirganini e’lon qildi. O'quv dasturi bank xodimlarining ehtiyojlari va ish xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Kurslar kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishda muvaffaqiyatli tajribaga ega boʻlgan oʻquv boʻlimi trenerlari tomonidan oʻtiladi. Treninglarda xohlovchi istalgan bank xodimi qatnashishi mumkin.

Сайт_ 700x500 px Ru-2.png

— Xodimlarimizning malakasini oshirish nafaqat ularning kasbiy o‘sishiga qo‘yilgan sarmoya, balki butun bankimiz muvaffaqiyati va farovonligiga qo‘shilgan hissadir. 23 yillik faoliyati davomida “Kapitalbank” bugungi kunda mamlakat moliya tizimini rivojlantirayotgan ko‘plab mutaxassislarni yetishtirdi, – deydi Kadrlar siyosati va kadrlar bilan ishlash departamenti direktori, bank boshqaruvi a’zosi Oksana Lindina.

Сайт_ 700x500 px Ru-1.png

— Xodimlar malakasini oshirish ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va mijozlar talablarining qoniqish darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi, – deydi “Kapitalbank” boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Ishonchimiz komilki, kadrlar malakasini oshirishga sarmoya kiritish Kapitalbankning bozordagi o‘rnini mustahkamlash, raqobatbardoshlikni oshirish va jamoada jamoaviy ruhni mustahkamlashga yordam beradi.

Сайт_ 700x500 px Ru (3).png

Treningning asosiy maqsadi xodimlarning kasbiy va shaxsiy ko'nikmalarini rivojlantirishdir. Masalan, dasturda bank mahsulotlarini sotish bo‘yicha treninglar, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Kontakt markazida stajyorlar uchun darslar, chakana savdo bo‘limida yosh mutaxassislar uchun o’qishlar o‘tkazish va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘rin olgan. Kapitalbank o‘z xodimlarini “yumshoq ko‘nikmalar” deb atalmish: o‘zgarishlarni boshqarish, mentorlik, delegatsiya, xodimlarni rag‘batlantirish va boshqa yumshoq ko‘nikmalarga o‘qitishga ham katta e’tibor qaratmoqda. Mashg’ulotlar o’zbek va rus tillarida olib boriladi.

Сайт_ 700x500 px Ru (4).png

Treningda hududlardagi xodimlar uchun qulay bo’lgan shaklda, oflayn yoki onlayn rejimida o’qish mumkin. Kapitalbank akademiyasi ishbilarmonlik o‘yinlari, uchrashuvlar va seminarlar o‘tkazish uchun sig‘imi 55 kishigacha bo‘lgan konferensiya zali, shuningdek, umumiy sig‘imi 120 nafar tinglovchiga yetadigan o‘quv sinflarini taklif etadi.

Fevral oyida akademiya xodimlari uchun, hatto internet bo'lmagan taqdirda ham masofaviy ta'lim olish uchun ilovani ishga tushirdi. Ilovada, kurslardan tashqari barcha so'nggi yangiliklar, shuningdek, har bir kurs uchun adabiyotlar kutubxonasi mavjud. Bundan tashqari, 2023-yil oxirida, bank, ushbu sohada faoliyat yuritmoqchi bo’lgan mutaxassislar uchun, ATB “Kapitalbank”da karyera deb nomlangan Telegram kanalini ishga tushirdi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan mutaxassislar Kapitalbankdan joriy bo‘sh ish o‘rinlarini topishi, shuningdek, moliya va bank sohasida karyera qilish bo‘yicha HR’dan foydali maslahatlarni olishlari mumkin.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 368

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech