Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank yosh mutaxassislar uchun telegram kanalini ishga tushirdi
8 Feb 2024

Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan mutaxassislar Kapitalbankdan joriy bo‘sh ish o‘rinlari, shuningdek, moliya va bank sohasida karyera qilish bo‘yicha HR’dan foydali maslahatlar olishlari mumkin bo‘ladi.

— Jamoa har qanday ishning asosidir. Biz har doim eng yaxshi mutaxassislarni yollashga, yosh iste’dodlarga yirik loyihalar ustida ishlash jarayonida o‘sish va rivojlanish imkoniyatini berishga intildik, – deydi “Kapitalbank”ning kadrlar bo‘yicha direktori va Boshqaruv a’zosi Oksana Lindina. “Endi biz bilan birga oʻsishni va xizmatlaridan 1,6 milliondan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari foydalanayotgan mamlakatning eng yirik xususiy banki rivojiga hissa qoʻshishni hohlovchilar “Kapitalbank”dagi yangi martaba imkoniyatlari bilan birinchi boʻlib tanishish imkoniga ega. Va, albatta, biz yosh mutaxassislarga o‘z karerasini qanday boshlash bo‘yicha foydali maslahatlar bilan yordam berishga tayyormiz.

Siz https://t.me/kapitalbank_career havolasi orqali “Kapitalbank” ATBda karyera” mualliflik kanaliga obuna bo'lishingiz mumkin.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 156

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech