Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" yillik 20% daromadlilik bilan obligatsiyalarni chiqaradi.
4 May 2020
"Kapitalbank" ATB 50 mlrd so'mlik korporativ obligatsiyalar chiqarilishini e'lon qiladi. 24-aprelda Kapital bozorini rivojlantirish Agentligi emissiya prospektini ro'yxatdan o'tkazdi, obligatsiyalar savdosi 9-maydan boshlanadi.

"Kapitalbank" har birining nominal qiymati 1 mln. so'mdan bo'lgan 50 000 ta naqd pulsiz obligatsiyalar chiqaradi. Muomala muddati - 7 yilni, daromadliligi - yillik 20 foizni tashkil etadi. Foizlar har oyda qo’shib boriladi va obligatsiyalarning to'liq qiymati egasiga muomala muddati tugaganidan so’ng 10 kun ichida qaytariladi.

Obligatsiyalar butun yil davomida "Toshkent" Respublika fond birjasida joylashtiriladi va ularni sotib olish imkoniyati mavjud bo’ladi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1532

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech