Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" yetakchilar qatorida: Toshkent aholisi bank xizmatlari sifatini yuqori baholadi
19 Nov 2020

Tadqiqot tijorat banklari mijozlari bilan blits-intervyu shaklida o'tkazilgan bo'lib, unda mingdan ortiq respondentlar, jumladan 450 nafar jismoniy va 642 ta yuridik shaxs ishtirok etgan.

Markaziy bank tomonidan poytaxt aholisi o'rtasida bank xizmatlari sifati bo'yicha so'rov o'tkazildi. Respondentlardan to'rtta mezon bo'yicha soʻrov oʻtkazildi, ular ishonchlilik, kompetentlik, javob berish qobiliyati va mijozlarni qo'llab-quvvatlash.

"Kapitalbank" jamoatchilik fikri boʻyicha beshta yetakchi banklar qatoriga kirdi. Toshkentliklar, shuningdek, to'rtta bankka, jumladan "Ipak Yoʻli Bank", "Asia Alliance Bank", "Invest Finance Bank" va "Orient Finance Bank" larga barcha pozitsiyalar boʻyicha "Yaxshi" deb baho berishdi. Sakkizta bankda mijozlar bank xizmat koʻrsatish sifatini qoniqarli, yana beshtasida qoniqarsiz deb qayd etishdi.

Markaziy bank so'rov natijalari bank xizmatlari iste'molchilarining fikrlari asosida shakllanganligini va nazorat qiluvchi pozitsiya emasligini ta'kidladi. Markaziy bank banklarda ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash bo'yicha doimiy ravishda iste'molchilar o'rtasida so'rov o'tkazishni davom ettirishlarini, natijalari Markaziy bankning aloqa kanallari orqali keng aholiga taqdim etilishini qo'shimcha qildi.

Kelgusida Markaziy bank tijorat banklarida bank xizmatlari sifatini, shu jumladan "maxfiy mijoz" mexanizmidan foydalanish, shuningdek, ilg'or xalqaro standartlarni joriy etish orqali baholash vositalarini kengaytirishni koʻzda tutadi.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 961

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech