Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasini moliyalashtirish liniyasini jalb qildi
4 Sep 2021

ATB "Kapitalbank" kichik biznesni rivojlantirish uchun moliyalashtirish liniyasini jalb qilish to'g'risida Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan shartnoma tuzdi.

4 sentyabr kuni Islom taraqqiyot banki (ITB) ga a'zo davlatlar kengashining yillik yig'ilishi doirasida, "Kapitalbank"va XSRIK o'rtasida umumiy qiymati 10 million AQSh dollari bo'lgan shartnoma imzolandi. XSRIK tomonidan murabaha printsipi bo'yicha ajratilgan mablag' O'zbekistonda kichik biznesini rivojlantirishga yo'naltiriladi. Islom iqtisodiyotining mohiyati, birinchi navbatda, foiz va fyuchers bitimlarini rad etishdan iboratdir. Shu munosabat bilan, bank ishida, shariat tamoyillariga asoslangan moliyaviy faoliyatni nazarda tutgan, "islom banki" tushunchasi rivojlangan.

DSC_0090.jpg

“Islom bank mahsulotlarining jahon bozori, har yili, barqaror o'sishni ko'rsatmoqda. Mamlakatimizda ham bunday mahsulotlarga qiziqish ortib bormoqda. Biz, o'z navbatida, global tendentsiyalarga va mijozlarimiz talabiga e'tibor qaratamiz. Bu sohaning rivojlanishi biz uchun strategik ahamiyatga ega va shunga muvofiq, bu Kapitalbankning 2021-2023 yillarga mo'ljallangan rivojlanish strategiyasida o'z aksini topgan. Murabaha tamoyili bo'yicha ushbu yo'nalishning jalb qilinishi, bankning, an'anaviy bank xizmatlaridan foydalanmaydigan, hozirgi va potentsial mijozlariga biznesni rivojlantirish uchun mablag’ to’plash imkonini beradi”, - dedi Kapitalbank Boshqaruv Raisi Alisher Mirzayev.

Ta'kidlash joizki, Kapitalbank va XSRIK o'rtasidagi hamkorlik 2019 yilda, bankda, axborot texnologiyalari, marketing va kommunikatsiyalar, yuridik va kadrlar masalalari bo'yicha islomiy bank tamoyillariga asoslangan kompleks yechimlarni taqdim etishni o'z ichiga olgan, islomiy oyna yaratish uchun texnik konsalting xizmatlarini ko'rsatish to'g'risida shartnoma imzolanishi bilan boshlangan.

DSC_0085.jpg

ITB Kengashining 46 -yillik yig'ilishi Toshkentda 2021 yil 31 avgustdan 4 sentyabrgacha bo'lib o'tdi. Toshkent xalqaro kongress markazida, ITBga a'zo davlatlar kelgusida rivojlanish bilan bog'liq keng ko'lamli masalalarni muhokama qilishdi. Yillik yig'ilishda ITBga a'zo mamlakatlarning 57 gubernatori - hukumat a'zolari va moliya va iqtisodga mas'ul vazirlar, shuningdek banklar, xalqaro tashkilotlar, biznes sektor va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 51

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech