Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank xalqaro Top Employer sertifikatini oldi
31 Jan 2025
Kapitalbank xalqaro Top Employers Institute'dan sertifikat olgan birinchi o‘zbek banki bo‘ldi, bu esa bankning HR jarayonlari xalqaro standartlarga mosligini tasdiqlaydi.

Top Employers Institute xalqaro audito‘rlik kompaniyasi BDO bilan hamkorlikda Kapitalbankning HR biznes jarayonlari va xodimlar bilan ishlash amaliyotlarini xalqaro standartlarga mosligini tekshirdi. Auditing natijalari bo‘yicha Kapitalbank Top Employer sertifikatini olgan birinchi o‘zbek banki bo‘ldi.

Top Employers Institute — bu 30 yildan ortiq vaqt davomida eng yaxshi ish beruvchilarni sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. 2024 yilda tashkilot 122 mamlakatda 2 303 ta kompaniyani sertifikatladi.

— Kapitalbank jamoasida 20 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatning yetakchi bank va moliyaviy tashkilotlari rahbarlari o‘z yo‘llarini boshlagan, — deya ta'kidlaydi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Maevskiy. — O‘tgan yilda biz o‘z ta'lim markazimizni — Kapital Academyni ochdik. Unda bir qator ta'lim dasturlarini amalga oshirdik va, eng muhimi, HR sohasida tajriba va eng yaxshi amaliyotlar bilan o‘rtoqlashishni yo‘lga qo‘ydik. Bu loyiha bankning 100 dan ortiq filial va bo‘limlarida mehnat qilayotgan 3400 dan ortiq xodimlar uchun professional rivojlanish imkoniyatini yaratdi.

2024 yilda Kapital Academy ichki biznes-trenerlar tomonidan deyarli 5000 soat o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Tashkilot biznesni transformasiya qilish bo‘yicha yetakchilik dasturi, “Top-500” kadrlar zahirasi dasturi, front-ofis, kontakt markazi va soft-kollekshn bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarni amalga oshirdi. Shuningdek, treningdan keyingi kuzatuv korporativ ta'limning standart qismiga aylandi. Kapital Academy personalni rivojlantirishda biznes-o‘yinlar, strategik va jamoaviy sessiyalar, shuningdek, 2024 yilda ishlab chiqilgan 40 dan ortiq mualliflik treninglarini qo‘lladi. Xodimlar uchun masofaviy o‘quv imkoniyatini yaratish maqsadida mobil ilova joriy qilindi. Bu ilovadan internetsiz ham foydalanish mumkin.

2024 yilning oxirida Kapitalbank rahbariyati bank rivojlanish strategiyasi va korporativ madaniyatini belgilaydigan yangi asosiy qadriyatlarni taqdim etdi. Yangilangan tamoyillar liderlik, hamkorlik, jasorat va ishonchlilikni o‘z ichiga oladi hamda bankning kuchli va barqaror jamoa yaratishga intilishini namoyon qiladi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 167

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech