Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining 8-yig‘ilishi doirasida Kapitalbank va Germaniyaning Commerzbank o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Banklar nafaqat moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish, balki qo‘shma tadbirlar tashkil etish, o‘zaro tajriba almashish borasida ham hamkorlik qilishni rejalashtirgan.
— Memorandumning imzolanishi xalqaro hamkor tomonidan bildirilgan ishonchdan dalolat beradi va xalqaro bozordagi mavqeimizni mustahkamlaydi. Bu hamkorlik O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, Kapitalbankning innovatsion va o‘sish strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi, — deydi Kapitalbank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismoilov. — Biz Commerzbank bilan o‘z imkoniyatlarimizni birlashtirib, mijozlarimizga yanada ko'proq yangi mahsulot va xizmatlarni taklif qila olamiz.
Kelishuvdan maqsad - O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya o‘rtasida biznes va moliyaviy rivojlanish sohasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yanada rivojlantirishdan iborat.
— Turli mamlakatlardagi yetakchi moliya institutlari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish "Commerzbank AG"ning uzoq yillik amaliyotiga aylangan. O‘zbekiston strategik hamkorlarimizdan biridir, — deydi “Commerzbank AG”ning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Ketevan Antidze xonim. — Ishonchim komilki, mamlakat moliya sektorining yetakchilaridan biri bo‘lgan “Kapitalbank” bilan hamkorlik mamlakatlarimiz tadbirkorlari va kompaniyalari uchun biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga yordam beradi.
Commerzbank AG haqida
Commerzbank - Germaniya bank konserni bo'lib, aktivlari bo'yicha Germaniyada ikkinchi yirik xususiy bankdir. Commerzbank dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida vakolatxonalariga ega. Bankning yakuniy balansi 2023 yil oxirida 517 milliard yevroni tashkil qildi.

/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
488