Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
«Kapitalbank» «Uzbekistan Travel» jurnalining arab nashri hamkori sifatida chiqdi
20 Feb 2021
"Milliy PR markazi" DUK "Kapitalbank" ATB raisi Alisher Mirzayevga "Uzbekistan Travel" xalqaro sayohat jurnalini tayyorlashda samarali hamkorlik qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

O'tgan yilning noyabr oyida Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi huzuridagi Milliy PR markazi jamoasi tomonidan yaratilgan "Uzbekistan Travel" jurnalining ilk  taqdimoti boʻlib oʻtgsn edi.

 2021-yil boshlarida jurnalning arab tilidagi talqini, ikki ming nusxada nashr etilgan bo'lib, unda zamonaviylik va boy tarix, eng yangi texnologiyalar va haqiqiy madaniyat, ulkan maqsadlar va buyuk meros birlashtirilgan yangi O'zbekiston namoyish etiladi.

 "Kapitalbank" "Uzbekistan travel" jurnalining arabcha talqinini nashr etishda hamkor bo'lib, mamlakat hukumatining O'zbekistonning yutuqlari va merosini xalqaro maydonda namoyish etish istagini qo'llab-quvvatladi.

 Arab tilida so'zlashuvchi tomoshabinlar uchun mo'ljallangan "Uzbekistan Travel" nashri Abu-Dabida 2021-yil yanvar - fevral oylarida Shayx Zayd sharafiga bag'ishlangan xalqaro madaniy va tarixiy meroslar festivalida namoyish etildi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 875

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech