Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank tomonidan respublika boʻyicha 16 ming tupdan ortiq daraxt ekildi
22 Apr 2024
Kapitalbank O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining “Yashil makon” milliy loyihasi doirasida respublikaning sakkizta viloyatida 16 ming 500 tup ko‘chat ekdi.

Kapitalbank xodimlari O‘zbekistonning sakkizta viloyatida: Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida turli ko‘chatlar ekdi. Hududlarning iqlimiy xususiyatlari va ekologik ehtiyojlaridan kelib chiqib, tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ko‘chatlar soni va daraxt turlari belgilandi.

Сайт_ 700x500 px Ru .png

— Biz Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi ekologik vaziyatni yaxshilashga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz. 20 yildan beri mamlakat farovonligi uchun mehnat qilib, uning kelajagiga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz — buning ichiga tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston aholisi uchun moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, havo sifatini yaxshilash kabilari kiradi. Bankimiz jamoasi bilan birgalikda, Ekologiya vazirligining ko‘magida biz mamlakat ekologiyasini asrab-avaylashga hissa qo‘shayotganimizdan hursandmiz, — deydi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Biz bugungi kunda bankning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rnini anglaymiz va O‘zbekiston boyligini asrab-avaylash va ko‘paytirish uchun qo’limizdan kelganicha o’z hissamizni qo’shishga tayyormiz.

2024-yil bahor mavsumi yakuniga qadar Kapitalbank yana 18,5 ming tupga yaqin daraxt ko‘chatlarini ekadi. Loyiha faqat daraxt ekish bilan cheklanib qolmaydi. Kapitalbank Uzum bilan birgalikda mamlakatimizning barcha hududlaridagi 50 dan ortiq aholi punktlarida havo sifatini nazorat qiluvchi datchiklarni o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun Uzum Marketning yetkazib berish punktlari va bank filiallari binolaridan foydalaniladi.

Сайт_ 700x500 px Ru.png

“Yashil Makon” umummilliy loyihasi atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish bo‘yicha davlat siyosatining bir qismidir. Loyihadan koʻzlangan maqsad mamlakatdagi yashil maydonlarni koʻpaytirish, shahar va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirishdan iborat. 2024-yil oxiriga qadar respublika bo‘ylab 1,2 million tupdan ortiq daraxt ekish rejalashtirilgan.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 249

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech