Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” tomonidan Mustaqillik kuniga O‘zbekistonda ilk kunlik foizli omonat ishga tushirildi.
26 Aug 2022

"Visa bilan har kuni foizlar" oddiy omonatlarda bo'lgani kabi oyda bir marta emas har kuni to'lanadi. Bundan tashqari, ular Visa xalqaro to'lov tizimining so'mli kartasiga to'lanadi. Shuningdek, foizlar juda "ishtahani ochadi", ya'ni yillik 21%. Yana bir jihatni ham unutmaslik kerak: “Kapitalbank” bugungi kunda O‘zbekistondagi eng yirik xususiy bank bo‘lib, u omonatlarning ishonchliligi va xavfsizligini 100% kafolatlaydi.

O‘zbekistonda Visa Kapitalbank Humo va Uzcard terminallari va bankomatlarida qabul qilinadi, biroq, bundan tashqari, u orqali xorijda bemalol to'lovlarni amalga oshirish mumkin; alohida "valyuta" kartalariga ehtiyoj yo'q - so'mlar avtomatik ravishda, to'lov vaqtida kerakli valyutaga konvertatsiyalanadi.

Omonat kundalik xarajatlari uchun har oy omonatdan foizlarni yechib olishga odatlanganlar uchun qulay bo'lishi aniq. Endi “X kun”ni kutishning hojati yo‘q – foizlar har kuni kartaga “tushadi”!

Omonatni Kapitalbank mobil ilovasida ochish mumkin. "Kapitalbank"ning istalgan filialida Visa so‘mli kartasini chiqara olasiz. Yangi omonat ochilishi belgilangan bayramlardan so‘ng esa bankka bormasdan turib Visa kartasini ochish va "Kapitalbank" mijoziga aylanish mumkin bo‘ladi! Mobil ilovada O‘zbekiston fuqarolari biometrik ma’lumotlardan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi. "Kapitalbank" ilovasi Google Play Market va AppStore da mavjud.

Hozircha esa bankning istalgan bo'linmasiga bir marta tashrif buyurgan holda "so'mli" Visa Kapitalbank kartasi egasiga aylanishingiz mumkin.

Mustaqillik bayramingiz bilan, yangi imkoniyatlar bilan!

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 18848

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech