Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank tadbirkorlarga kassa apparatlarini bepul taqdim etadi
4 Apr 2024
Kapitalbank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlaydi — endi «Hammasi 0 evaziga» tarifi doirasida Toshkent shahridagi bank mijozlari nafaqat bepul hisob-kitob kassa xizmati, pul o‘tkazmalari va boshqa bank xizmatlarini, balki kassa apparatini ham bank va Arca grupdan bepul olishlari mumkin bo’ladi.

— O‘z biznesini ochishga qaror qilgan O‘zbekistonliklar soni ortib bormoqda va biz ularning bu yo‘lida ishonchli yordamchisi bo‘lishga tayyormiz, — deydi «Kapitalbank» kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha boshqaruv direktori Andrey Shennikov. — Mutaxassislarimiz mijozlarga hisob-raqami ochishda yordam beradi, Uzum Business ilovasida qanday qilib onlayn toʻlov va pul oʻtkazmalarini amalga oshirish yo’llarini aytib beradilar, biznesni yangi boshlagan tadbirkorlarning asosiy savollariga javob beradilar va yordam berish uchun doimo aloqada boʻladilar. Biz, tadbirkorlar o’zlarining e'tiborini biznesni rivojlantirishga qaratishlari uchun barcha zarur bank xizmatlarini taqdim etamiz.

Maxsus taklifdan foydalanish uchun Kapitalbankda hisob-raqamini ochish kerak bo’ladi. Taklif 2024-yil 30-iyungacha Toshkent shahrida amal qiladi.

Bunda, "Hammasi 0 evaziga" biznes tarifiga quyidagilar kiradi:

- Onlayn kassa apparati;
- Hisob raqami ochish;
- Abonent to‘lovi;
- ATB «Kapitalbank» mijozlariga pul o‘tkazmalari;
- O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklariga pul o‘tkazmalari;
- Jismoniy shaxslarning kartalariga pul o‘tkazmalar;
- Korporativ kartalarga pul o‘tkazmalari;
- Kassadan naqd pul yechish;
- Uzum Business ilovasida online-bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati.

Batafsil ma’lumotni quyidagi raqamlardan olish mumkin:

+998 78 148 11 33 (Kapitalbank)

+998 78 120 2323 (Arca group)

Bank mijozlari hisob-raqam ochish uchun sayor menejer xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bank menejeri bilan uchrashish uchun arizani www.business.kapitalbank.uz sayti orqali yoki (+998) 78–148–11–33 telefon raqami orqali yuborish mumkin.

Uzum Business ilovasini Google Play va App Store dan yuklab olish mumkin.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 422

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech