Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" Respublika fond birjasida investitsiya vositachisiga aylandi
11 May 2021
"Kapitalbank" ATB investitsiya vositachisi sifatida "Toshkent" Respublika fond birjasida akkreditatsiyadan o'tdi, deb xabar qildi RFB ning matbuot xizmati.

"Toshkent" RFB boshqaruvi raisi Bekzod Usmonov birja a'zosi sifatida akkreditatsiyadan o'tgan, 490-raqamli brokerlik idorasi raqamini olgan "Kapitalbank" ATB ga "Toshkent" RFB birjasining a'zolari tarkibiga kiritish to'g'risidagi Guvohnomani topshirdi.

Bozorning yangi ishtirokchilari paydo bo'lishi birja bitimlari, savdo hajmlari oshishiga, aholi o'rtasida moliyaviy savodxonlikning o'sishiga yordam beradi, bu esa marosimda ta'kidlanganidek, nafaqat fond bozori, balki butun mamlakatdagi kapital bozorining barqaror rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Guvohnoma birja a'zolari xodimlarini "Toshkent" RFB malaka komissiyasi tomonidan brokerlik idorasi treyderlari attestatsiya natijalariga ko'ra birja savdolarida qatnashish huquqiga va YaDTK ga kirish huquqiga ega bo'ladigan attestatsiya oʻtkazilganidan so'ng,  topshirildi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 948

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech