Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank “PLUS Galaxy Award” tanlovida “Kichik biznes uchun eng yaxshi bank” deb topildi
13 Jun 2024
Kapitalbank “PLUS Galaxy Award” tanlovining “Kichik biznes uchun eng yaxshi xizmat” nominatsiyasida g‘olib chiqdi. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 12 iyun kuni “Digital Uzbekistan” PLUS-forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Hakamlar hay'ati moliya injinering, bank xizmatlari va chakana savdo sohasidagi yutuqlar uchun mukofotlarni topshirdi.

Uz news 870x490 RU 1.png

— Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Biz tadbirkorlar uchun mahsulot va xizmatlarni takomillashtirishda davom etamiz, shundagina har bir biznes mijozimiz qulay va foydali moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, — deydi Kapitalbankning Kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha boshqaruvchi direktori Andrey Shennikov. — Muvaffaqiyatlarimiz “Digital Uzbekistan” xalqaro forumi ekspertlari tomonidan yuqori baholangani uchun xursandmiz.

Сайт_ 700x500 px Ru 4 (4).png

Tanlovda moliyaviy xizmatlar bozorida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishayotgan moliyaviy tashkilotlar, savdo va xizmat ko‘rsatish kompaniyalari ishtirok etdi.

Joriy yil boshidan buyon Kapitalbank “Makon Marketing Forum 2024” tomonidan “O‘zbekistonda 2023-yilda moliya sohasida innovatsion mahsulotlar yaratishda erishgan yutuqlari uchun” mukofoti hamda “International Finance Awards” tomonidan “O‘zbekistonning 2023-yildagi eng yaxshi chakana banki” va “O‘zbekistondagi 2023-yildagi eng innovatsion xususiy banki” unvonlari bilan taqdirlangan.

Сайт_ 700x500 px Ru 3 (4).png

PLUS Forumi haqida

“Digital Uzbekistan” PLUS-forumi davlat organlari, banklar va chakana savdo kompaniyalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlanadi. Forumning maqsadi Oʻzbekistonning iqtisodiy oʻsishiga qoʻshimcha turtki berish, bank-moliya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek yangi loyihalarni ishlab chiqishdan iborat.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 741

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech