Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank omonatlari bo‘yicha yutuqli o‘yin davom etmoqda: ikkinchi Chevrolet Nexia 3 avtomobil mukofoti o'ynaldi!
16 Nov 2023

Kapitalbank 2-oktabrdan boshlab yutuqli o‘yinni o‘tkazib, 240 million so‘m va 2 ta Chevrolet Nexia 3 avtomobillarini  aksiya g‘oliblarga topshirdi. Allaqachon ikkita baxtli g‘olib yangi avtomobil sohiblariga aylanishdi, 54 ta omonatchi esa 3 million so‘mdan 10 million so‘mgacha pul mablag‘larini qo‘lga kiritdi.

Kapitalbank 15-noyabr kuni jonli efirida omonatlar o‘yinining ikkinchi bosh sovrini – Chevrolet Nexia 3  yutuqli tirajini o‘tkazdi. Yangi avtomobilning egasi Toshkentning bank omonatchisi Brajnikov Vitaliy bo‘ldi. Pul mukofotlari g'oliblari Toshkent, Buxoro, Qoraqalpog'iston va Samarqanddan tiraj ishtirokchilari bo'ldi.

Yil yakunigacha yana 280 million so‘m va  endi 2 ta avtomobil o‘ynaladi. Ishtirokchilarda, 2023-yil 31-dekabrgacha har hafta 3 million so‘mdan 10 million so‘mgacha mukofotni yoki oxirgi ikkita Chevrolet Nexia 3 avtomobilidan birini yutish imkoniyati mavjud.

Tirajlar har chorshanba kuni soat 17:00 da bank filiallaridan birida bo'lib o'tadi va rasmiy Instagram sahifasi va Telegram kanalida namoyish etiladi. Boshlovchi jonli efirda tasodifiy raqamlar generatori yordamida g'oliblarning ismlarini aniqlaydi. Efirlarning yozilgan shakllari bankning Instagram’dagi rasmiy sahifasida saqlanadi.

Tiraj ishtirokchisiga aylanish uchun 2023-yilning 31-dekabriga qadar– xorijiy valyutada Zor 7%, milliy valyutada “Oltin Kuz” yoki “Visaga kunlik foiz” omonatlardan birini ochishingiz kerak.

Omonatlar bo’yicha va tiraj shartlari haqida batafsil ma’lumotni bank veb-saytida yoki 1340 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib olishingiz mumkin.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 535

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech