Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank omonatlar bo’yicha yutuqli o‘yinni g‘olibiga ikkinchi Chevrolet Nexia-3 avtomobilini topshirdi
24 Nov 2023

23-noyabr kuni Kapitalbank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismoilov bank omonatchilari o‘rtasidagi yutuqli o‘yinning ikkinchi g‘olibiga “Chevrolet Nexia-3” avtomobili kalitlarini tantanali ravishda topshirdi. Yangi avtomobil Toshkentlik ishtirokchi Vitaliy Brajnikovga nasib etdi.

“Men 20 yildan beri Kapitalbank mijoziman. Yutuqli o’yin haqida bilar edim, lekin bankdan avtomobil yutganim haqida qilingan qo‘ng‘iroq men uchun katta syurpriz bo‘ldi. G‘olib bo‘lganimga ishonch hosil qilish uchun Toshkent shahar filialiga bordim, u yerda g‘alaba haqidagi ma’lumotni tasdiqlashdi. O‘z vaqtida yutuqli o‘yinda ishtirok etishga qaror qilganimdan xursandman va barchaga Kapitalbankda omonat ochishni va g‘alaba qozonish imkoniyatini qo‘lga kiritishni tavsiya qilaman”, - dedi avtomobilning ikkinchi baxtli g'olibi Vitaliy Brajnikov.

KB_site_1_B (6).jpg

7 hafta davomida Kapitalbank omonatchilar o‘rtasida 280 million so‘m va to‘rtta asosiy sovrindan 2 tasi – Chevrolet Nexia-3 avtomobillarini tirajini o‘tkazdi. Hozirgacha 63 ta baxtli ishtirokchi 3 million so‘mdan 10 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlariga ega bo‘ldi.

KB_site_1_C (5).jpg

240 million so‘m va 2 ta Chevrolet Nexia-3 avtomobili navbatdagi o‘yinlarning yangi g‘oliblarini kutmoqda.

Yutuqli o‘yin ishtirokchisi bo‘lish uchun 2023-yilning 31-dekabriga qadar– xorijiy valyutadagi Zor 7%, milliy valyutada “Oltin Kuz” yoki “Visaga kunlik foizlar” omonatlardan birini ochish kerak.

Sovrinlar tirajlari har chorshanba kuni soat 17:00 da bank filiallaridan birida bo‘lib o‘tadi va rasmiy Instagram-sahifasi va Telegram-kanalida namoyish etiladi. Boshlovchi jonli efirda tasodifiy raqamlar generatori yordamida g'oliblarning ismlarini aniqlaydi. Efirlarning yozilgan shakli bankning Instagram’dagi rasmiy sahifasida saqlanadi.

Tirajlar shartlari va qo‘shimcha ma’lumotlarni bank veb-saytida yoki 1340 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 459

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech