Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va tadbirkorlar uchun foydalanilgan avtomobillarni xarid qilishga mikrokreditlarni ishga tushirmoqda
2 Apr 2025

Kapitalbank yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ikkilamchi bozorda avtomobil xarid qilish uchun mikrokredit bo‘yicha pasaytirilgan stavkalarni taklif qilish orqali imkoniyatlarni kengaytirmoqda.

— Avtomobil tadbirkor uchun ko‘pincha eng muhim aktivlardan biriga aylanadi. Va biz butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik, o‘rta va yirik biznes ehtiyojlariga javob beradigan moliyaviy mahsulotlarning keng tanlovini taqdim etish orqali o‘z biznesini boshlash yoki rivojlantirishga yordam berishga intilamiz, — ta’kidladi bank Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.

Dastur doirasida bank mijozlari Chevrolet (shu jumladan, Daewoo va Ravon), Kia, Skoda, Hyundai va BYD avtomobillarini xarid qilish uchun mikrokredit olishlari mumkin. Mikrokredit miqdori 300 million so‘mgacha, muddati 60 oygacha, foiz stavkasi yillik 22,99 foizdan boshlanadi.

Ushbu mahsulot Kapitalbankning butun mamlakat bo‘ylab kichik va mikro biznesni qo‘llab-quvvatlash strategiyasining bir qismi hisoblanadi. Avvalroq, UzAuto Motors bilan birgalikda birlamchi bozorda Chevrolet avtomobillarini sotib olish uchun kreditlash dasturini ishga tushirgan bo‘lsa, endilikda tadbirkorlarga ikkilamchi bozorda avtomobil sotib olish imkoniyatini taqdim etib, kengroq avtomobil tanloviga yo‘l ochmoqda.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3932

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech