Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kapitalbank O'zbekiston HR hamjamiyatining yig'ilish joyiga aylanadi
15 May 2024
10 may kuni Kapitalbank Akademiyasida Kapitalbankga tashriflar doirasida O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari kadrlar bo‘limining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ucell, Asaka bank va Ipak Yo‘li bank vakillari Kapitalbank mehmoni bo'ldilar.

Bunday tashriflarni tashkil etishdan asosiy maqsad HR mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashishdan iborat. Bunda, yig‘ilish ishtirokchilari o'zlarining 2023 yil davomidagi faoliyat natijalari bilan o‘rtoqlashdilar va 2024 yilga mo‘ljallangan HR funksiyalarini rivojlantirish rejalarini belgilab oldilar, shuningdek, HR sohasining o‘sish va rivojlanishining asosiy nuqtalari aniq aks ettirilgan loyihalar taqdimotlarini taqdim etdilar.

— Turli tashkilotlarning HR guruhlari o‘rtasida to‘plangan bilim va amaliyotlarni almashish hamkorlik va o‘sish madaniyatini rivojlantirishga yordam beradi. Aynan mana shunday referens- tashriflar tufayli biz o‘z tajribamizni boyitib, HR amaliyoti standartlarini oshirmoqdamiz, — deydi ATB Kapitalbank Boshqaruv a’zosi, kadrlar siyosati departamenti direktori Oksana Lindina. — O‘zbekistonda kuchli HR hamjamiyatini yaratish shunchaki maqsad emas, bu iste’dodlarni tarbiyalash, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va HR tizimimizning kelajagini birgalikda shakllantirish majburiyatidir.

Kapitalbank bunday referens-tashriflarini muntazam ravishda o'tkazishni rejalashtirib O'zbekiston kompaniyalarini faol ishtirok etishga taklif qilmoqda. Bo‘lajak tadbirlar, joriy bo‘sh ish o‘rinlari, shuningdek, karyera qurish uchun foydali kontent haqida batafsil ma’lumotlarni “Kapitalbank” ATBda karyera” Telegram-kanalida yoki [email protected] manziliga yozish orqali bilib olishingiz mumkin.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 767

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech