Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" "O'z omonatingni yarat" tanlovini boshladi
13 Oct 2021
"Kapitalbank" Butunjahon jamg'arma kuni (World Savings Day)ga bag'ishlangan "O'z omonatingni yarat" tanlovini e'lon qiladi.

Musobaqa qoidalari:

1. Bank mahsuloti — omonat yaratish. Unga ijodiy nom o'ylab topish, foiz stavkasini aniqlash va quyidagi shartlarni belgilash:

  • Valyuta (o'zbek so'mi, AQSh dollari yoki Yevro);
  • Stavka foizi;
  • Minimal va maksimal kiritiladigan mablag' summasi;
  • Omonat muddati;
  • Muddat tugashidan oldin pul mablag'larini to'ldirish yoki yechish imkoniyati;
  • Kapitalizatsiya yoki foizlarni olish imkoniyati;
  • Uzaytirish shartlari;
  • Sayt yoki mobil ilova orqali onlayn tarzda omonatni ochish/yopish imkoniyati.
Ijodiy yondashuv ma'qul ko'riladi. Masalan, siz o'z mahsulotingizni qanday targ'ib qilish haqida o'ylab topishingiz mumkin.

2. Taqdimotda elektron shaklda yaratilgan omonatning barcha xususiyatlarini ko'rsatish kerak.

3. Tanlov ishini (sharifi, ismi, yoshi, yashash shahri va aloqa telefon raqami bilan) @Kapitalbank_uz_feedback_bot Telegram bo’tiga yuborish kerak.

Tanlov mezonlari:

Fikr tanlov qoidalariga muvofiq haqiqatga yaqin va aniq ifodalangan bo'lishi kerak. Eng yaxshi taqdimotlarni "Kapitalbank" xodimlaridan iborat tanlov hakamlar hay'ati tanlaydi.

Tanlovda jinsi va yoshidan qat'i nazar, hamma ishtirok etishi mumkin.

Eng yaxshi omonat yaratuvchilari qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiritishadi:

1-o'rin — planshet;
2-o'rin — smartfon;
3-o'rin — aqlli soat.

Ishlar 13-oktabrdan 31-oktabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi. G'oliblar nomi 4-noyabr kuni e'lon qilinadi.

Tanlovda qatnashishdan oldin, ommaviy oferta bilan tanishib chiqing.

Ommaviy oferta

Omonat bu nima?
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1205

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech