Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank"ning haqiqiy saytini soxta saytdan qanday farqlash mumkin?
5 Oct 2022
So‘nggi vaqtlarda “Kapitalbank” niqobi ostida firibgar saytlar O‘zbekiston aholisiga pul ishlash yoki nafaqa olishning noqonuniy yo‘llarini taklif qilish holatlari ko‘payib bormoqda. Uch karra foyda olishni va'da qilgan holda firibgarlar havolaga o'tishni va shaxsiy ma'lumotlaringizni qoldirishni taklif qilishadi.

"Kapitalbank"ning haqiqiy saytini soxta saytdan qanday farqlash mumkin?

Shunchaki brauzerda sayt sahifasining manzilini tekshirib ko'ring, agar sahifa manzilida qo'shimcha harflar bo'lsa yoki aksincha, belgilar yetarli bo'lmasa - qarshingizda soxta sayt turibdi va bunday saytga ma'lumotlaringizni kiritish xavfsiz emas.

Rasmiy sahifalarimizning toʻgʻri manzillari:
Sayt: www.kapitalbank.uz
Instagram: kapitalbank.uz
Facebook: kapitalbank.uz
Telegram: https://t.me/kapital24

Bundan tashqari, agar sizga ushbu kod sizning shaxsingizni tasdiqlash yoki pulni qabul qilib olishingiz uchun kerakligini aytishsa ham, hech qanday holatda bankdan kelgan SMS kodlarni hech qayerga kiritmang. Bankdan olingan SMS-kod Siz pulni qabul qilib olishingiz uchun emas, balki DOIMO SIZNING pullaringizni yechib olish uchun ishatiladigan koddir.

Ogoh va ehtiyotkor bo'ling.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 784

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech